Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi 55-2021 (02-PA 1-20228)-sonli yigʻilish bayonining 44.1-bandida tumanlar va shaharlar Kengashlariga har oʻn besh kunda joylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni muhokama qilib, mutasaddi rahbarlar faoliyatiga tanqidiy baho berib borish tavsiya etilgan.
Hozirgi kunga qadar tumanda xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 934 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan. Joriy yilning 11 oyida 28 ta xizmat koʻrsatish yoʻnalishida korxonalar faoliyatini tugatgan boʻlsa, 170 ta xizmat koʻrsatish yoʻnalishida yangi korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Joriy yil 1-noyabr holatiga umumiy qiymati 4914,0 millionsoʻm boʻlgan 39 taloyihalar ishga tushirilishi natijasida 50 ta ish oʻrinlari yaratilishiga erishildi.
Jumladan, 21 ta savdo xizmatini tashkil etish hisobiga 23 ta ish oʻrni, 1 ta umumiy ovqatlanish shaxobchasini tashkil etish hisobiga 1 ta ish oʻrni, 15 ta maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchasini tashkil etilishi hisobiga 22 ta ish oʻrni va 2 ta boshqa xizmat koʻrsatish shaxobchalari tashkil etilishi hisobiga 4 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishildi.
2022-yilda Hududiy investitsiya dasturlari doirasida xizmat koʻrsatish va servis sohasida umumiy qiymati 49,2 mlrd. soʻm boʻlgan29 ta loyihalarni ishga tushurish hisobiga 111ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtrilgan boʻlib, ushbu loyixalar toʻliq ishga tushurilishi natijasida 109 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishildi.
Tumanda 2022-yil davomida 1864 ta ish oʻrni yaratilishi belgilangan boʻlib, joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida 2439 ta ish oʻrinlari yaratilib yillik reja 130,8 foizga bajarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi 55-2021 (02-PA 1-20228)-sonli yigʻilish bayonining ijrosini taʼminlash, shuningdek 2022-yilgi xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish orqali tumanning xizmatlar sohasini rivojlantirish, shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tumanhokiminingbirinchio‘rinbosariA.Bo‘riyevning hisobotini muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Nurota tumanida “Xizmatlar sohasini rivojlantirish” dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Boʻriyevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
- Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Boʻriyevga:
tuman hokimi oʻrinbosarlari, tumandagi barcha korxona tashkilot rahbarlari, investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi hamda tijorat banklari bilan birgalikda aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar sohasini rivojlantirishda mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida 2022-yil uchun ishlab chiqilgan loyihalarni bajarilishini taʼminlash;
tumanda xizmatlar sohasida ish olib boruvchi barcha tadbirkorlik subyektlariga ish faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoit yaratib berish va ularni zarur moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlab borish chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
- Tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov)ga amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish tavsiya etilsin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi F.Ermakov zimmasiga yuklatilsin.
2023 - yil 5 - yanvar VII-46-8-5-74-K/23
Kengash raisi o'rinbosari O.Safarov