Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 28.12.2022 13:27

Raddiya

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Nurotada mutasaddilar nogironligi boʻlgan fuqaroni nega aldashdi? sarlavhasi ostida chop etilgan maqola yuzasidan RADDIYA

Human.uz tahririyatiga Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi «Mustaqillik» mahallasida yashovchi, II- guruh nogironligi boʻlgan fuqaro Temur Bozorovning uy-joy masalasi boʻyicha qilgan shikoyati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ushbu murojaatda fuqaroga berilgan uy-joyning sifatidan noroziligi va uning ahvolidan hech kim habar olmasligi yuzasidan murojaat qilgan. Aslida fuqaroning ushbu e’tirozi nooʻrin boʻlib, fuqaroning murojaatini oʻrganish maqsadida tuman hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzildi va uning murojaati atroflicha oʻrganildi. Murojaatchi fuqaro T.Bozorov yashash uyida yoʻqligi sababli uning turmush oʻrtogʻi bilan suhbat olib borildi va uning asl maqsadi unga berilgan uyning ichki qismini toʻliq zamonaviy tarzda ta’mirlab berilishini ta’kidladi.

Fuqaro T.Bozorov 2017-yilgacha “Sayidato” MFYda ota-onasiga tegishli boʻlgan hovlisida yashab kelgani bois uy-joy bilan ta’minlash boʻyicha tuman hokimligiga murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaati oʻrganilib, tumandagi “Mustaqillik” MFY hududida qurilgan 2 qavatli uy-joylardan fuqaro Jalolov Diyorga tegishli boʻlgan uy-joyda vaqtincha yashab turishi uchun tuman hokimligi tomonidan joylashtirilgan hamda 2017-2019-yillar davomida fuqaro T.Bozorov mazkur xonadonda ijara toʻlovlarisiz yashab kelgan.

Nurota tumani hokimining tegishli qarori bilan 2019-yilda “Mustakillik” MFY hududida joylashgan imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, uy-joyi boʻlmagan, yer uchastkasiga muhtoj boʻlgan oilalar uchun qurilgan 2 sotixlik uylardan fuqaro T.Bozorovga umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan.

Shuningdek, bugungi kunga qadar fuqaro T.Bozorov va uning oila a’zolariga tuman hokimligi va homiylar tomonidan doimiy ravishda moddiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Shu oʻrinda Human.uz tahririyati hamda jurnalist va blogerlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildirgan holda hamkorlikda ish olib borishimizni ma’lum qilamiz hamda aholi murojaatlarini bir tomonlama oʻrganmasdan aksincha, ikki tomonlama yondashgan holda jurnalistlik surishturuvini olib borishi maqsadga muvofiq ekanligini eslatib oʻtamiz.