O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomining 39-41-bandlari talablarini bajarish maqsadida tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2022-yil 14-noyabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy ta’limga jalb etish maqsadida tumandagi har bir davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini hudud va mikrouchastkalarga biriktirish to‘g‘risida”gi 01-01/1-1251-sonli xatini va ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25, 27-moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
- Nurota tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2022-yil 14-noyabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy ta’limga jalb etish maqsadida tumandagi har bir davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini hudud va mikrouchastkalarga biriktirish to‘g‘risida”gi 01-01/1-1251-sonli xati inobatga olinsin.
- Tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi har bir davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabini hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimining o‘rinbosari (Sh.Vafoyev), tuman Xalq ta’limi bo‘limi (B.Bobonazarov) va tumandagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga 7 yoshga to‘ladigan yilda to‘liq qamrab olish;
o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasi topshirilsin.
- Belgilansinki, tumandagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalar rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.
- “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi (A.Shokirov) va mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga:
maktab yoshidagi bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qamrab olish jarayonida tuman Xalq ta’limi bo‘limi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
- Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari L.Mansurov mazkur qaror matnini tumanning “Nurnoma” gazetasida chop etilishini tashkillashtirsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
- Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2020-yil 29-avgustdagi Q-422-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Vafoyev va tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri B.Bobonazarov zimmalariga yuklatilsin.
15-dekabr 2022 yil 184-5-74-5-Q/22
Tuman hokimi A.Fayziyev