Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 2023 yil davomida jami 9 kun qoʻshimcha dam olishadi.
2023 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash bo‘yicha Prezident farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, kelasi yili ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi:
- 2 yanvar – dushanba;
- 30 iyun – juma.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari:
- 3 yanvar – seshanba;
- 20 mart – dushanba;
- 22 mart – chorshanba;
- 24 aprel – dushanba;
- 1 iyul – shanba;
- 2 sentabr – shanba;
- 30 dekabr – shanba.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
- 7 yanvar – shanba kunidan 3 yanvar – seshanba kuniga;
- 11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;
- 25 mart – shanba kunidan 22 mart – chorshanba kuniga;
- 29 aprel – shanba kunidan 24 aprel – dushanba kuniga.
Shu tariqa, yangi yil kunlaridagi dam olish 3 kun – 1, 2 va 3 yanvarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi Mehnat kodeksiga asosan, ishlanmaydigan bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgan hollarda, ishlanmaydigan kun dushanbaga ko‘chiriladi.