Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 23.12.2022 17:36

Murojaatnoma 2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan Murojaatnomaning mazmun-moyahitini tushuntirish boʻyicha 2022-yil 23-dekabr kuni tuman sudi raisi F.A.Raxmanov Nurota tuman "Ibn Sino" MFYda fukarolar bilan uchrashuv oʻtkazdi.


Uchrashuvda tuman sudi raisi, Prezidentning Murojaatnomasida belgilab berilgan "Qoraqalpogʻistonning yutugʻi – butun Oʻzbekistonning yutugʻi, Qoraqalpogʻistonning tashvishi – butun Oʻzbekistonning tashvishi” degan gʻoya hamisha amaliy harakat dasturi boʻlib kelishi, "Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan gʻoyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligi, "Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida barcha masalalar boʻyicha xalqimiz bilan bamaslahat ish tutilishi, kirib kelayotgan yangi 2023-yilga yurtimizda "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish taklif qilingani, ta’lim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻli ekanligi ma’lum qilingani, 2023-yildagi ustuvor yoʻnalishlar belgilab berilgani, jumladan, birinchi yoʻnalish-ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtish, bunda vazirliklar isloh qilinishi, hukumat ish uslubi ham tubdan oʻzgarishi va eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 taga kamaytirilishi, ikkinchi yoʻnalish - Yangi Oʻzbekistonni "ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilingani, uchinchi yoʻnalish- inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi, toʻrtinchi yoʻnalish ekologiya, ayniqsa, suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani bilan bogʻliqligi, beshinchi yoʻnalish - erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sogʻlom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Konstitutsiyada alohida oʻrin egallashi kerakligi, oltinchi yoʻnalish - iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni koʻpaytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash haqidagi hamda Murojaatnomada keltirilgan boshqa takliflar tushuntirilib oʻtildi.