Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 22.12.2022 11:24

Mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Joriy yilning 21-dekabr kuni Nurota tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi binosida Nurota tuman hokimligi, tuman Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalar, ayollar va yoshlar roʻyxatida turgan ishsiz fuqarolar, mehnat migrantlari va uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Mehnat yarmarkasida 31 ta korxona, tashkilot va muassasalar 238 ta boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etishdi.

Mehnat yarmarkasida jami 132 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etib, shundan 10 nafari doimiy ish oʻrinlariga yoʻllanmalar berildi, 2 nafar ishsiz fuqarolar kasbga qayta tayyorlash, ya’ni santexnik va kran mashinist yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslariga yoʻnaltirildi.

Shuningdek, 26 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.