Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 17.12.2022 16:43

Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlarning ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish tartibi to‘g‘risida

“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 11-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 10, 12-bandlariga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25, 27-moddalariga asosan,

 QAROR  QILAMAN: 

  1. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlarayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali rahbari (E.Ro‘zimurodov) ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish tartibi” asosida ish yuritilishini ta’minlasin.
  3. 3. Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (E.O‘ralov) mazkur qarorning tuman hokimligi “Nurota” gazetasining navbatdagi sonida rasman eʼlon qilinishini va bir kun muddatda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini tashkillashtirsin.
  4. 4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  5. 5. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Rustamov zimmasiga yuklatilsin.

2022 - yil 16 - dekabr 186-5-74-Q/22

Tuman hokimi A.Fayziyev

 

Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlarning ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish tartibi

 1. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildi uy yoki turar joy foydalanishga qabul qilinib olinayotganda yoxud turar joy uy-joy fondiga kiritilayotganda tuziladi.

Keyingi texnik hisobga olish uylar va turar joylarni vaqti-vaqti bilan rejali xatlashlar o‘tkazish yo‘li bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari aniqlanishiga qarab amalga oshiriladi.

  1. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar mustaqil hujjatlarni tashkil etadi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Uy-joy fondi inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar, (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar, internat -uylar, shuningdek bolalar uylari va va boshqa maxsus maqsadli uylar)dan iborat bo‘lgan fond.
  3. Uy-joy fondini hisobga olish texnik hujjatlar yig‘ma jildi, ro‘yxatdan o‘tkazish daftarlari, inventar hujjatlar yig‘ma jildida shakllangan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning nusxalari, boshqa inventarizasiya hujjatlari tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi arxivida saqlanadi.
  4. Uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish uchun yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
  5. Arizalar tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan qabul qilib olinadi va shu kunning o‘zida arizalar reyestriga qayd qilinadi.
  6. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish uchun tuman kadastrlar palatasiga telekommunikasiya kanallari orqali elektron hujjat ko‘rinishida ariza berishlari mumkin.

Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘ma jildining har bir varog‘iga tuman kadastrlar palatasi filiali rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kun ichida huquq egasiga topshiriladi.