O‘zbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida” gi Qonunining 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4 apreldagi “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi 101-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Nurota tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2022-yil 15 noyabrdagi 01-15/320-sonli xati xati inobatga olinib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan,
QAROR QILAMAN:
- Nurota tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2022-yil 15-noyabrdagi 01-15/320-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
- Nurota tumanida dafn etish joylarini saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Nurota tuman obodonlashtirish boshqarmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi va qurilish bo‘limi:
tumandagi barcha qabristonlarda dafn etish joylarini saqlash qoidalarining bir xilda ijro etilishini;
mazkur qoidalarda belgilangan normalarni aholi o‘rtasida keng yoritilishini taʼminlansin.
- Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (E.O‘ralov) mazkur qarorning tuman hokimligi “Nurota” gazetasining navbatdagi sonida rasman eʼlon qilinishini va bir kun muddatda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini tashkillashtirsin.
- Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Rustamov zimmasiga yuklatilsin.
2022 - yil 16 - dekabr 188-5-74-Q/22
Tuman hokimi A.Fayziyev
Nurota tumanida dafn etish joylarini saqlash qoidalari
- Umumiy qoidalar
- Nurota tumanidagidafn etish joylarini saqlash qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) tumandagi barcha dafn etish joylarini (keyingi o‘rinlarda – qabriston) belgilangan tartibda saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
- Qabristonlarni obodonlashtirish, saqlash va ulardan foydalanish, dafn etish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha bevosita faoliyat Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan viloyatning mahalliy aholisi, shuningdek boshqa millatlar va xalqlarning mavjud anʼanalari, urf-odatlari va udumlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan tashqari RespublikamRespublikamizning boshqa viloyatlaridan olib kelingan mayitlar ham hujjatlar asosida belgilangan tartibda dafn etilishi mumkin.
- Qabristonlarni saqlash
- Tumandagi barcha qabristonlar Nurota tuman hokimligining bevosita tasarrufida bo‘lib, hokimlikka qabristonlarni zarur darajada saqlash va obodonlashtirish majburiyati yuklanadi.
- Tumandagi qabristonlarni obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, dafn etish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha bevosita faoliyat Nurota tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
- Har bir qabriston qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan meyorlar bo‘yicha tegishli xodimlarga ega bo‘lishi kerak.
- Tumandagi qabristonlarni obodonlashtirish, mukammal va joriy taʼmirlash, ularni zarur darajada saqlash mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, xarajatlarning alohida moddasi bo‘yicha mablag‘lar ajratiladi.
Go‘r qazish va marosim xizmatlari bo‘yicha ishchilarga ega bo‘lish ko‘rsatilgan pulli xizmatlar uchun aholidan tushgan mablag‘lar hisobidan, viloyat yoki Nurota tuman hokimining tegishli qarori bilan belgilanadigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shuningdek, qabristonlarni saqlash va obodonlashtirishda yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan foydalaniladi.
Qabristonlarni obodonlashtirish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida hashar yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
- Qabristonga asosiy kirish joyida (ichki tomonida) quyidagilar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak:
maʼmuriy va boshqa binolar, yo‘llar, xiyobonlar, tarixiy va memorial qabrlar, jamoat hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashishi belgilangan holda qabristonning sxematik tarxi;
qabristonning ish jadvali (ziyorat qilish qoidalari) va boshqa yo‘l-yo‘riq hujjatlari qo‘yilgan taxta;
manzillari va aloqa bog‘lash telefonlari ko‘rsatilgan holda Nurota tuman obodonlashtirish boshqarmasi va qabriston maʼmuriyati to‘g‘risidagi maʼlumotlar.
- Tuman obodonlashtirish boshqarmasining taklifiga asosantumandagi barcha qabristonlar ziyoratlar va dafnlar uchun bahor va kuz oylarida har kuni soat 06:00dan 19:00gacha, yoz oyida har kuni soat 05:00dan 20:00gacha, qish oyida 07:00dan 18:00gacha ochiq ochiq hisoblanadi.
Tumandagi qabristonlarni ochish va yopish vaqtlarini ularning diniy konfessiya va mahalliy anʼanalarga mansubligiga bog‘liq holda tuman obodonlashtirish boshqarmasining taklifi asosida o‘zgartirilishi mumkin.
- Qabristonlardagi qabrlar va boshqa joylarga turli xil zarar yetkazilishini oldini olish maqsadida tumandagi barcha qabristonlarga 7 yoshga to‘lmagan bolalar faqat ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (vasiy, homiy, patronat va boshqalar) yohud boshqa voyaga yetmaganlar hamrohligida kiritiladi.
- Qabriston hududida quyidagilar taʼqiqlanadi:
jamoat tartibi va sokinlikni buzish;
mast-alast, giyohvandlik va boshqa xil kayflar holatida bo‘lish;
qabr usti yodgorliklariga va yashil o‘simliklarga shikast yetkazish;
quruq o‘t, barg, shox-shabba va daraxtlarning shoxchalarini yoqish;
mol va boshqa uy hayvonlarini boqish;
mevali ko‘chatlar o‘tqazish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirish.
- Tumandagi barcha qabristonlarda qabriston maʼmuriyati tomonidan quyidagilar yuritilishi kerak:
xar bir alohida qabr uchun o‘lchami o‘rtacha 2 x 1 m bo‘lgan uchastka ajratiladi. Qabrning chuqurligi dafn etish usuli, diniy xususiyatlarga bog‘liq holda va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib belgilanadi. Vafot etgan bolalarni dafn etishda qabr uchun uchastkaning o‘lchamlari tegishli ravishda kamaytirilishi mumkin;
dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi;
qabrlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qabr usti yodgorliklarini, qabristonga qilingan xomiylik va exson pullarini dalolatnoma asosida xamda dafn to‘g‘risida fuqarolarga va tashkilotlarga berilgan maʼlumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning raqamlangan va ip bilan tikilgan daftarlari;
hujjatlar tikib qo‘yiladigan yig‘majild.
Dafn etishni amalga oshirish huquqini beradigan barcha hujjatlar belgilangan tartibda tikilishi va saqlanishi kerak.
- Tuman obodonlashtirish boshqarmasii va qabristonlarning maʼmuriyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
qabriston hududida zarur darajadagi tartibni taʼminlash va mazkur Nizom (Qoidalar) hamda boshqa qonun hujjatlarining talablarini qatʼiyan bajarish;
bosh xiyobon, asosiy va ikkinchi darajali yo‘llarda to‘siqsiz yurish va o‘tish imkoniyatini (qordan tozalash, muzni parchalash, qum sepish va shu kabilarni) taʼminlash;
eskirgan (qurigan) daraxtlarning ag‘darilishi va qabr usti yodgorliklarini shikastlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularning o‘z vaqtida kesilishini taʼminlash;
umumiy foydalanish joylarini toza saqlash, xiyobonlar bo‘ylab maishiy chiqindilar uchun maxsus yashik va qutilar o‘rnatish, maishiy chiqindilarning qabriston hududidan o‘z vaqtida olib chiqilishini taʼminlash;
muhandislik inshootlarining zarur darajada ishlashini taʼminlash, tashqi to‘siq, bino va inshootlar, yo‘llar, muhandislik tarmoqlari va inshootlarining joriy va mukammal taʼmirlanishini amalga oshirish hamda ko‘kalamzorlashtirish;
barcha turdagi yashil o‘simliklarni sug‘orish va parvarishlashni taʼminlash, ularni yangilash, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashish;
fuqarolarga (tashkilotlarga) ularning buyurtmanomalariga ko‘ra dafn uchun uchastkalarni bepul berish;
marhumlarni go‘r qazish meʼyorlari va qoidalariga rioya etgan holda dafn etishni taʼminlash;
qabrning ro‘yxat raqamini ko‘rsatilgan beton ustunga o‘rnatish;
anjomlarning (belkurak, panshaxa, paqir, xokandoz, supurgi, zambil va hokazolarning) yetarli miqdorda bo‘lishini va ularning fuqarolarga qabrlarga qarash uchun bepul (tilxat bilan) berilishini taʼminlash;
qabristonda zarur darajadagi tartibni taʼminlash bo‘yicha, shu jumladan umumxalq hashari, xotirlash kunlari va boshqa tadbirlarni tashkil etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin aloqada bo‘lish;
xizmatlar uchun qatʼiyan belgilangan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qilgan holda fuqarolarning qabristonda ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibiga, hududni ko‘kalamzorlashtirish uchun daraxt va butalarning turlarini to‘g‘ri tanlashga rioya etilishini nazorat qilish;
dafn etilganning qarindoshlariga eskirib ketgan qabr usti yodgorligi to‘g‘risida yozma xabar qilish va uni tuzatishni talab qilish;
go‘r qazuvchi ishchilarga sanitariya qoidalarini hamda diniy va mahalliy anʼanalarni hisobga olib meʼyorlarni qatʼiyan bajargan holda ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o‘rgatishni tashkil qilish;
qabr usti yodgorliklarining saqlanishini taʼminlash, ular o‘g‘irlangan, buzilgan, vayron qilingan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlarini va yodgorliklarning egalarini xabardor qilish;
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, yong‘inga qarshi shchitlarni zarur miqdorda yong‘inga qarshi anjomlar bilan butlash;
qabristonning butun hududini har yili kamida ikki marta har tomonlama supurib-sidirishni amalga oshirish.
- Tumandagi qabristonlar xizmatlaridan foydalanuvchi fuqarolar (tashkilotlar) quyidagi huquqlarga ega:
tegishli diniy konfessiya qabristonida vafot etgan yaqinlari va qarindoshlarini dafn etish uchun bepul uchastka olish;
sanitariya qoidalari hamda boshqa qoidalar va meʼyorlarga zid bo‘lmagan diniy marosimlar va mahalliy anʼanalarga rioya etgan holda dafn etish udumini bajarish;
marosim xizmatlaridan foydalanish va ularga belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lash;
buyurtirilgan xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini qabriston maʼmuriyatidan talab qilish;
qabrga va qabr usti yodgorliklariga qarash uchun qabriston anjomlaridan bepul foydalanish;
tuman obodonlashtirish boshqarmasi bilan kelishgan holda yaqinlari va qarindoshlarining qabrlariga qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish.
III. Qabrlarni saqlash va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish
- Dafn etishni amalga oshirgan fuqarolar va tashkilotlar qabrlar hamda qabr usti yodgorliklarini zarur holatda saqlashi shart.
- Alohida dafn etishga ajratilgan uchastka doirasida, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va qabriston maʼmuriyati bilan kelishgan holda, uzunligi 1,5 metr, eni 1 metr va balandligi 0,5 metr (qabr ustidagi tuproq tepaligi balandligi darajasida), yozuvlar uchun vertikal plitaning balandligi 1 metrgacha bo‘lgan o‘lchamda qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish (qurish)ga yo‘l qo‘yiladi (yer osti suvlari sathi yuqori bo‘lgan yer yuzasida “sag‘ana” ko‘rinishida barpo etiladigan musulmon qabrlaridan tashqari).
Qabr atrofida metalldan yasalgan va boshqa to‘siqlarni o‘rnatish (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari), qo‘shni qabrlarning hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini egallab oladigan qabr usti yodgorliklarini barpo etish taqiqlanadi.
- Qabr usti yodgorliklarini dafn etish chog‘ida qilingan tuproq ko‘tarma cho‘kkanidan keyin, qismlarga ajratish — yig‘ish mumkinligini nazarda tutadigan zarur poydevorlar barpo etgan holda o‘rnatish tavsiya etiladi.
- Byustlar, haykaltaroshlik yodgorliklari yoki alohida arxitektura shakliga ega bo‘lgan inshootlarni o‘rnatishga faqat loyiha-smeta hujjatlari hamda Andijon viloyati hokimining qarori mavjud bo‘lgandagina ruxsat beriladi.
- Qabr usti yodgorliklarining o‘lchamlari va joylashtirilishi, shuningdek daraxt va butalar o‘tqazish oldindan qabriston maʼmuriyati bilan kelishiladi.
- Qabr usti yodgorliklarining o‘rnatilishi qabriston maʼmuriyati tomonidan qabr usti yodgorliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida ro‘yxatdan o‘tkazilib, unda qabrning sektori, uchastkasi, qatori va raqami, dafn etilgan kishining familiyasi, ismi-sharifi, o‘rnatilgan sana, yodgorlikning qisqacha tavsifi, tayyorlovchi, uni o‘rnatgan shaxslarning manzil va familiyalari ko‘rsatiladi.
- Barcha qabr usti yodgorliklari ularni o‘rnatgan fuqarolar va tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Qabriston maʼmuriyati tashabbusi bilan qabr usti yodgorliklarini buzib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi, qabriston Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-sonli qaroribilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandigako‘ra yopilayotgan (ko‘chirilayotgan), qarindoshlarning eskirib ketgan qabr usti yodgorliklarini tuzatishdan bosh tortgan, ular belgilangan tartibda egasiz deb topilgan hollar bundan mustasno. Qabr usti yodgorliklarini buzib tashlash qabr usti yodgorliklarining elementlari albatta tavsiflangan, buzib tashlash dalolatnomasi rasmiylashtirilgan holda qabriston maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi.
- Nurota tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra rahbarlar va taniqli davlat arboblarining qabrlari va qabr usti yodgorliklarini, tarixiy obidalarni namunali tartibda saqlash mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
- Tumandagi barcha qabristonlar maʼmuriyati yodgorliklardagi yozuvlarning mazmunini nazorat qilishi, ularda o‘lim to‘g‘risidagi hujjatlardagi maʼlumotlarga nomuvofiqliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Yakunlovchi qoidalar
- Ushbu Qoidalar bajarilishini nazorat qilish tuman hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va barcha qabristonlar maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi.
- Mazkur Qoidalarda belgilangan talablarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.