Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 14.12.2022 14:23

“Qoraqarg'a” dovonida maxsus - taktik o'quv mashqi o'tkazildi

Navoiy viloyati “Qizilqum” xalqa avtomobil` yo'lining “Qoraqarg'a” dovonida “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.

Maxsus-taktik o'quv mashqini o'tkazishdan maqsad, dovonda qish mavsumi davomida avtomobil vositalari qatnovi uzluksizligini ta'minlash, ob-havoning keskin o'zgarishida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular sodir bo'lganda tezkor avariya-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish, tog' dovonda yuzaga kelgan salbiy oqibatlarini bartaraf etishda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatini amalda tekshirish va muvofiqlashtirishdir.

Shunindek, tumandagi boshqaruv organlari rahbar tarkibining, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi tuzilmalarining bilimini va amaliy tajribalarini oshirishdan iborat.

Maxsus-taktik o'quv mashqida tog' dovonida harakat xavfsizligini va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlar shaxsiy tarkib va texnikalarining saf ko'rigi, sodir bo'lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda avariya qutqaruv, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish kabi o'quv mashqlari o'tkazildi.