Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 09.12.2022 15:24

Nurota tumanida qiymati 20 milliard soʻm boʻlgan loyiha ishga tushurildi

Nurota tuman hokimi A.Fayziyev hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda bazalt toshini qazib olish va birlamchi qayta ishlash loyihasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Mazkur loyiha tumandagi "Tinchlik" MFY hududida joylashgan boʻlib, 11 gektar yer maydinida "Азиа базальт" MCHJ tomonidan bazalt toshini qazib olish, maydalash, saralash va birlamchi qayta ishlashni tashkil etishdan iborat.

Korxona umumiy qiymati 20,0 mlrd soʻm boʻlgan loyiha Xitoy Davlati КЕФИД kompaniyasi tomonidan olib kelingan hamda yiliga 4 xil oʻlchamdagi 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, 20 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilgan.