Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 06.12.2022 18:08

Nurota tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2022-yil noyabr oyi yakunida amalga oshirilgan ishlar

Bugungi kunda“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 2022-yilning noyabr oyi davomida Nurota tumanidagi 78 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 72 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 28 ta subyektlarning 24 749 800 so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining yanada kengaytirilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, bugungi kunga qadar tumanda “E-ijara” avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti orqali 29 ta shartnomalar ro‘yxatga olingan.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. 

Masalan, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida 8 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning noyabr oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 12 ta korxonaning faoliyati tiklandi. Natijada, 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, davlat budjetiga qo’shimcha 3 132 000 so‘m soliqlar tushishiga erishildi. 

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning noyabr oyi yakuni bilan Nurota tumanida 118 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Eng muhimi, ularning 67 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

Nurota tumani DSI