Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 06.12.2022 18:07

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Nurota tuman hokimi A.Fayzievning bayram tabrigi

Assalomu alaykum hurmatli tumandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Bugun biz mamlakatimizning yangi tarixidagi qutlug‘ sana mustaqil, suveren va demokratik O‘zbekiston Respublikasini barpo etish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib kelayotgan asosiy Qonunimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligini keng nishonlamoqdamiz.

Avvalambor Siz,azizlarni, Sizlar orqali butun tumanimiz aholisini Qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Tom ma’nodagi tarixiy bu sanani har safar bayram qilar ekanmiz, Konstitutsiyamiz-asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz O‘zbekiston kelajagini, yangidan barpo etilayotgan davlatchiligimizning chuqur mazmuni, xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni va nufuzini tubdan o‘zgartirib yuborgan, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda yuksak baholaymiz.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni qurish, dunyo maydonida esa davlatimizning xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida faoliyat yuritishi uchun mustahkam asos yaratdi.

Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgan - qonun ustuvorligi, barchaning qonun oldida tengligi yurtboshimiz siyosatida yangi davlat va yangi jamiyat qurishda asos qilib olingan tamoyillardan biri bo‘lib, yuksak insonparvarlikka yo‘g‘rilgan bu tamoyil bugun amaliy samaralar berayotganiga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz.

Bugun yurtimizda har bir fuqaroning iqtidorini namoyish etishi, oilasi, yurtimiz farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishi uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

Tadbirkorlarga, yoshlarga, shu jumladan, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga cheksiz g‘amxo‘rliklar ko‘rsatilmoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalari yanada isloh qilinmoqda. Zamonaviy o‘quv dargohlari qurilib yoshlarimiz ixtiyoriga topshirilmoqda.

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qadimiy Nurotada ham o‘z aksini topmoqda. Xalq farovonligi va turmush darajasi yaxshilanmoqda. Komil farzandlarimizni tarbiyalash, ozod va obod Vatanga bunyodkorlik ishlariga safarbar etish ezgu niyatlarimizga aylanmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlar samarasi o‘laroq Nurota tumani ham kundan-kunga chiroy ochib, xalqimiz hayoti yaxshilanib bormoqda.

Xususan, joriy yilda tasdiqlangan dasturlar doirasida qiymati 80,0 mlrd. so‘mlik 60 ta loyihalar ishga tushirilib, 522 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Aholi tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar doirasida 2241 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishuchun 63,9 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Bundan tashqari,906 nafar fuqarolarimizga 9 mlrd. so‘mdan ortiq subsidiyalar berildi.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari,

So‘ngi yillarda yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani singari Nurota tumanida ham keng ko‘lamli  bunyodkorlik ishlari olib borilib, zamonaviy arxitektura va qurilish talablari asosidagi yangi infrastrukturaviy, ijtimoiy-madaniy va boshqa ob’ektlar, uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Xususan, joriy yilda tumanda markazlashgan manbalar hisobidan umumiy qiymati 114,0 mlrd.so‘m bo‘lgan 32 taloyihalarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Investitsiya dasturi” doirasida 11 ta loyihalar amalga oshirilib,46,1 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Shu jumladan, umumiy qiymati 42,0 mlrd.so‘m bo‘lgan mablag‘lar hisobidan tumandagi 4r55 “Mitanq.-Qo‘shrabot q.-Nurota sh.” Avtomobil yo‘lining 120-126 km qismini qayta qurish ishlari yakuniga etkazilmoqda.

Tuman markazi hamda qishloqlardagi 149 kmichki avtomobil yo‘llarining 116 km qismini tuproqdan shag‘alga hamda 33 km shag‘al yo‘lni asfalt yo‘lgan o‘tkazish ishlari amalga oshirilib, mazkur ishlarni amaga oshirish uchun qariyb 40,0 mlrd.so‘mlik respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari yo‘naltirildi.

 

2022 yilda ham “Obod qishloq” dasturi doirasida tumandagi Jarma hamda Sentobqishloqlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi xonadonlari, infrotuzilma ob’ektlari va boshqa bir qator ob’ektlar tartibga keltirildi.

Ushbu maqsadlar uchun barcha manbaalar hisobidan 25,6 mlrd.so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirildi.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari,

Aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq, tumanda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida2150 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratildi.

SHuningdek, tumanda joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 663 nafar ishsizlar jamoat ishlariga jalb qilindi.

Kunikecha Muhtaram Prezidentimizning Navoiy viloyatiga bo‘lgan tashriflari davomida bergan topshiriqlariga asosan 2023 yilda Nurota tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 325,0 mlrd.so‘m bo‘lgan yo‘l xaritasi tasdiqlanliginini ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimdir.

Aziz tumandoshlar,

Albatta bugun biz yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar va qo‘lga kiritilayotgan yuksak marralar xususida uzoq to‘xtalib o‘tishimiz mumkin.

Biz qo‘lga kiritayotgan bu yuksak marralarning ildizi, zamini nimada degan savolga xar birimiz xech ikkilanmasdan, bularni barchasining zamirida avvalo mustaqillik deb atalgan bebaho nemat, xalqimizning fidokorona mehnati, uning tobora yuksalib borayotgan ongu tafakkuri, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi, ezgu orzu-intilishlari mujassam deb katta g‘urur va iftixor bilan aytishimiz tabiiydir.

Qadrli tumandoshlar!

Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz.

Oldimizda yuksak ezgu orzu niyatlar, qator bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishdek ulkan maqsadlarimiz turibdi. Ularni amalga oshirish bizning o‘zimizga, mehnatimizga, shijoatimizga bog‘liqdir.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga qut-baraka va xotirjamlik hamisha yor bo‘lishini tilayman.

Bugun katta bayram sifatida nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik shodiyonasi yana birbor barchangizga muborak bo‘lsin azizlar!

E’tiboringiz uchun rahmat!