Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 02.12.2022 17:57

"Tashabbusli budjet" loyihasi orqali qurilgan sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Nurota tumanidagi 27- umumta’lim maktabida sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda tuman DXX boshligʻi A.Qudratov, tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Vafoyev, mazkur maktab mutasaddilari hamda jamoatchilik vakillari ishirok etishdi.

Ochilish marosimida ushbu sport maydonchasi tuman yoshlari uchun tunu kun xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shundan soʻng, ramziy lenta kesish marosimi oʻtkazilib, tumandagi uyushmagan yoshlar uchun mini futbol musobaqasi tashkil etildi.