Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 02.12.2022 17:51

3-dekabr — “Halqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Nurota tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri oʻtkazildi

3-dekabr “Halqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tumandagi 42-umumta’lim maktabida nogironligi boʻlgan shaxslar, yakka tartibda ta’lim olayotgan oʻquvchilar uchun bayram dasturi tashkil qilindi.

Tadbirning badiiy qismida nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun bayram dasturxoni atrofida tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari ishtirok etib, bugungi kunda nogironligi boʻlgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning toʻlaqonli a’zosi ekanliklarini koʻrsatish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga turli xil esdalik sovgʻalari hamda badiiy adabiyotlar homiy tashkilotlar tomonidan topshirildi.