“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 12-moddalariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan,
Q A R O R Q I L A M A N:
1. Quyidagilar:
O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish tartibi (keyingi o‘rinlarda -Tartib) 1-ilovaga;
Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish me’yorlari (keyingi o‘rinlarda – Me’yorlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi (L.Norbekov) jismoniy shaxslar tomonidan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tartib va Me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
3. Ushbu qaror “Nurnoma” gazetasida rasman e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Mazkur qaror imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Bo‘riyev zimmasiga yuklansin.
2022 - yil 30 - noyabr 179-5-74-Q/22
Tuman hokimi A.Fayziyev
Nurota tuman hokimining 2022 yil 30 noyabrdagi 179-5-74-Q/22-son qaroriga 1-ilova |
O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish
TARTIBI
1. Ushbu Tartib Nurota tumani hududida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan yovvoyi o‘simliklarning texnik, dorivor xom ashyosini, shuningdek, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari, hayotiy zarur ehtiyojlari uchun bepul g‘amlash (yig‘ish)dagi umumiy foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi obyektlarini, ularning qismlari,mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan ajratib olish deganda o‘simliklarni yig‘ish, terish, g‘amlash hamda o‘sish muhitidan ajratib olmasdan yoki fenologik kuzatuv, foto-videoga olish, madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik zavq olish tushuniladi.
3. Jismoniy shaxslarning xayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holdao‘suvchi o‘simlik dunyosi obyektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish kishi boshiga bir yilga cheklangan miqdorlarda tekin (bepul) amalga oshiriladi.
4. O‘simlik dunyosi obyektlarining biologik xilma-xilligi va barqaror foydalanilishini saqlash maqsadida, jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olishning kishi boshiga bir yilga tekin amalga oshiriladigan cheklangan miqdorlari tuman hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
5. Mazkur Tartib asosida umumiy foydalanishda avtomobil yo‘l yoqalaridagi va ekologik jihatdan toza hudud hisoblanmaydigan (avto va magistral yo‘l, chiqindilar oqiziladigan va chiqariladigan hududlar) hududlardagi va yashil zonalardagi (shahar, qishloq va boshqa aholi punklarida yashil ekinlarni saqlash inson salomatligi uchun me’yoriy gaz almashinuvini ta’minlash, atmosferada karbonat angidrid gazining saqlanishini kamaytirish maqsadidagi barcha daraxt va butalar mevalari) ekologik jihatdan toza mahsulot hisoblanmaydigan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar dunyosi obyektlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.
6. Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holdao‘suvchi o‘simlik dunyosi obyektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish miqdori davlat zahira yer maydonlarida ushbu Tartibga muvofiq va o‘rmon xo‘jaligidagi davlat organlari va boshqa idoralar egaligida bo‘lgan davlat o‘rmon fondi hududidagi o‘simlik obyektlaridan umumiy foydalanish (fuqarolar iste’moli va ehtiyoji uchun) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
7. O‘simlik dunyosi obyektlarining biologik xilma-xilligiva barqaror foydalanishini saqlash maqsadida, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi obyektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan ajratib olish yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv bo‘yicha foydalanuvchining hayotiy zarur ehtiyojlari bilan kishi boshiga bir yilga tekin amalga oshiriladigan cheklangan miqdorlarinigina jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga bepul olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishlari mumkin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan hamda yo‘qolishxavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan halqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (SITES) ning I, II, III ilovalariga kirmaydigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, ularning qismlari mevalari, urug‘lar va botanika kolleksiyalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalar olish umumiy foydalanish uchun belgilangan normalardan oshgan hollarda talab qilinadi.
9. Mazkur Tartib quyidagi o‘simlik obyektlariga nisbatan amal qilmaydi:
aholi uy va shaxsiy tomorqalari, xususiy yer uchastkalari, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishda maqsadli ekilgan madaniy o‘simliklar, ular mevalari (shu jumladan daraxt va buta mevalari), tez o‘suvchan daraxt va butalar mevalari; yovvoiy o‘simlik dunyosi obyektlarini pitomnik va plantatsiyalarda ko‘paytirilgan turli o‘simlik xillari.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanish me’yorlaridanortiq va noqonuniy ravishda yig‘ilgan, tayyorlangan, shuningdek sohaga oid qonun hujjatlari buzilgan holda uning hududiga olib kirilgan yoki olib chiqib ketishga urinilgan holdagi o‘simlik dunyosi obyektlari tartib buzarlardan olib qo‘yiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yoki qo‘mitaning joylardagi hududiy organlari tomonidan ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi.
11. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagiqonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
12. Jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashlari shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Nurota tuman hokimining 2022 yil 30 noyabrdagi 179-5-74-Q/22-son qaroriga 2-ilova |
Jismoniy shaxslarning hayotiy zarur ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik dunyosi obyektlarini, ularning qismlari, mevalari va mahsullarini atrof tabiiy o‘sish muhitidan umumiy foydalanish uchun ajratib olish
ME’YORLARI
T/r |
O‘simliklar turi |
Ajratib olish me’yorlari, (kishi boshiga) |
1. |
Zira (urug‘i) |
10 gramm |
2. |
Dorivor moychechak (guli) |
50 gramm |
3. |
Zirk (mevasi) |
10 gramm |
4. |
Yovvoyi qizil do‘lana (mevasi) |
100 gramm |
5. |
Kiyik o‘ti (barcha a’zolari) |
25 gramm |
6. |
Gazanda o‘t (barcha a’zolari) |
50 gramm |
7. |
Osiyo yalpizi (tanasi va bargi) |
25 gramm |
8. |
Achambiti (tanasi) |
50 gramm |
9. |
Dastarbosh (gullari) |
10 gramm |
10. |
Zubturum (bargi) |
25 gramm |
11. |
Chuchukmiya (ildizi) |
100 gramm |
12. |
Bo‘ymadaron (gullari) |
25 gramm |
13. |
Qirqbug‘im (tanasi) |
25 gramm |
14. |
Na’matak (mevasi) |
100 gramm |
15. |
Isiriq (barcha a’zolari) |
150 gramm |
16. |
Gulhayri (ildizi) |
100 gramm |
17. |
Dalachoy (barcha a’zolari) |
25 gramm |
18. |
Arpabodiyon (mevasi) |
10 gramm |
19. |
Marvaridgul (guli, bargi) |
25 gramm |
20. |
Suv qalampiri (tanasi) |
50 gramm |
21. |
Tirnoqgul (tanasi) |
25 gramm |
22. |
Qo‘qa (guli, bargi) |
50 gramm |
23. |
Ermon (barcha a’zolari) |
100 gramm |
24. |
Ruyan (barcha a’zolari) |
50 gramm |
25. |
Sano (barcha a’zolari) |
25 gramm |
26. |
Chakanda (barcha a’zolari) |
100 gramm |
27. |
Valeriana (bargi) |
100 gramm |
28. |
Tog‘ rayxoni (tanasi, bargi) |
50 gramm |
29. |
Donakli oqquray (tanasi) |
100 gramm |
30. |
Adonis (tanasi, bargi) |
25 gramm |
31. |
Zamburug‘ (tanasi) |
1 kilogramm |
32. |
Ravoch (barg bandi) |
300 gramm |
33. |
Limon o‘t (tanasi) |
100 gramm |
34. |
Sho‘ra (barglari, tanasi) |
200 gramm |
35. |
Qoqi o‘t (tanasi, bargi) |
100 gramm |
36. |
Marmarak (tanasi, bargi) |
25 gramm |
37. |
Qaraqat (tanasi, bargi) |
25 gramm |
38. |
Sachratqi (tanasi, ildizi) |
100 gramm |