Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 08.11.2022 15:31

Sel toshqini bo'yicha rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga koʻra, joriy yilning 6-noyabr kuni respublikamiz hududi boʻylab kuchli yogʻingarchilik holatlari kuzatildi. Jumladan: Navoiy viloyati Nurota tumani “Sentob” MFY hududida ham yogʻingarchilik kuzatilib ayrim xonadonlarning ichkarisidan (binolariga zarar qilmagan holda) ham sel suvlarining oqib oʻtish holatlari ham boʻldi.
Nurota tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda tegishli mutasaddi tashkilot idoralari xodimlari hamda mahalla faollari va ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar guvohligida holat oʻrganilib, yogʻingarchilik natijasida sel toshqinlari oqibatida mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga va ularning moddiy ma’naviy boliklariga zarar yetmaganligi aniqlandi.
Nurota tuman FVB.