Navoiy viloyat hokimining 2022-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Navoiy viloyati tashkilotini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 211-5-0-Q/22-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-maydagi “Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida” 411-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida”gi 458-sonli, 2020-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 515-sonli qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining 2022-yil 14-sentyabrdagi 01/390-sonli murojaatini hamda viloyat hokimining 2022-yil 11-noyabrdagi 211-5-0-Q/22-sonli qarori inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25, 27-moddalariga asosan,
QAROR QILAMAN:
1. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda aholiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, aholining ijtimoiy muxtoj qatlamlari, yolgʻiz keksalar, tibbiy-ijtimoiy yordam va xayr-saxovat koʻrsatish ishlarini yanada jonlantirish maqsadida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati jamgʻarmasiga xayriya toʻplash oʻn kunligi (keyingi oʻrinlarda mablagʻ toʻplash oʻn kunligi) oʻtkazilsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash oʻn kunligini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash oʻn kunligini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokim oʻrinbosarlari (A.Boʻriyev, Sh.Vafoyev, Sh.Rustamov)ga:
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Nurota tuman boʻlinmasi (J.Eshmurodov) bilan birgalikda xududlarda faoliyat koʻsatayotgan korxona, muassasa va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida mablagʻ toʻplash oʻn kunligini yuqori saviyada tashkil etish;
xayriya toʻplash oʻn kunligi davomida turli tadbirlar, marafonlar oʻtkazish;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan toʻlaqonli insonparvarlik ishlarini amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan talab asosida homiylar yordamini jalb etilishiga, tumanda zaxira omborlarini tashkil qilish, shuningdek, tashkil etilgan omborlarni zaruriy vositalar bilan boyitish;
mahalla fuqarolar yigʻinlari va taʼlim muasssasalarida xalqaro insonparvarlik huquqi bilimlarini hamda mehr-shafqat xizmati hamshiralarining aholi orasida begʻaraz donorlikni targʻib qilishiga amaliy yordam koʻrsatsinlar.
4. Tuman mudofaa ishlari (Sh.Isroilov),tumanichki ishlar (U.Abduraxmonov),Davlat Soliq inspeksiyasi (O.Joʻraqulov), favqulodda vaziyatlar boʻlimi (H.Mavlyanov)boʻlimlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatiga jamoaviy aʼzolik badalini yigʻish yuzasidan targʻibot ishlarini olib borilishini taʼminlasin.
5. Tuman tibbiyot birlashmasi (B.Xidirov), tuman xalq taʼlimi boʻlimi (B.Bobonazarov), tuman maktabgacha taʼlim (D.Hasanova) boʻlimlari va boshqa tashkilot, muassasalar oʻzlarining jamoaviy boshlangʻich tashkilotlari tuzilishini hamda xayriya mablagʻini toʻplash yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilishini tashkil etsin.
6. Mablagʻ toʻplash tadbirlari va aʼzolik markalaridan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Nurota tuman boʻlinmasining hisob raqami (20212000400427504001,MFO:00214, INN: 200030210 ATB Agrobank Nurota tuman boʻlimi)ga oʻtkazish tavsiya etilsin.
7. Tuman madaniyat boʻlimi (A.Karimov), tuman sportini rivojlantirish rivojlantirish boʻlimi (U.Qahhorov) mablagʻ toʻplash oʻn kunligi tadbirlari davomida karantin qoidalariga amal qilgan holda xayriya konsertlarini, teatrlashtirilgan tomoshalarni, sport tadbirlarini tashkil etish hamda ulardan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Nurota tuman boʻlinmasi hisobiga oʻtkazish tavsiya etilsin.
8. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Nurota tuman boʻlinmasi (J.Eshmurodov), mablagʻ toʻplash oʻn kunligini uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini, aloqador korxona, tashkilot va idoralar masʼul xodimlarini tabiiy ofatlarda oʻz-oʻziga va yon atrofdagilarga, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻqitilishini tashkil etsin.
9. Tuman hokimligi Axborot xizmati (L.Mansurov), tuman “Nurnoma” gazetasi (L.Bozorov)ga mablagʻ toʻplash oʻn kunligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh.Vafoyev zimmasiga yuklatilsin.
2022 - yil 23 - noyabr 177-5-74-Q/22
Tuman hokimi A.Fayziyev