O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-noyabrdagi “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-413-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 10-noyabr kunidagi 208-5-0-Q/22-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
Aholiga sifatli va kafolatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mazkur sohada band bo‘lgan aholi daromadlarini oshirishni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25, 27-moddalariga asosan,
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-noyabrdagi “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-413-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 10-noyabrdagi 208-5-0-Q/22-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tuman ishchi guruhining tarkibi (keyingi o‘rinlarda-tuman ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman moliya bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Quyi Zarafshon ITHB huzuridagi NS va EB qarashli Nurota uchastkasi, tuman elektr tarmoqlari, “Hududgaz Navoiy” Nurota tuman filiali bilan birgalikda bir oy muddatda 2022-2023 yillarda tuman bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan va yangidan tashkil etiladigan issiqxonalar uchun elektr uzatish liniyalarini qurish, irrigasiya va meliorasiya tarmoqlarini tortish dasturini hamda ajratiladigan byudjet mablag‘lari parametrlarini tasdiqlasin. Bunda, ajratiladigan mablag‘lar kichik sanoat zonalari uchun nazarda tutilgan byudjet mablag‘lari doirasida ko‘rib chiqilishi belgilansin.
4. “Hududgaz Navoiy” tuman filiali (Sh.Ismatillayev) issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-aprelgacha istisno tariqasida hisoblanmaslik talabiga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin.
5. ATB “Agrobank” tuman filali (O.Aliqulov) hamda tegishli tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qaroriga asosan issiqxona xo‘jaliklari uchun tijorat banklariga kredit va ularning foizini qaytarish muddati qat’iy ravishda mahsulotning pishib yetilishi davriga moslashtirish tartibiga amal qilish tavsiya etilsin.
6. Tuman hokimining o‘rinbosari (F.Yodgorov) zamonaviy issiqxona tashkil etish uchun yaxlit maydonlar yagona (hududda) “lot” bilan ochiq auksion savdolariga chiqarilishini tashkil etsin.
Bunda, ajratiladigan maydonlar hajmi hudud sharoitidan kelib chiqib, tuman hokimligi tomonidan belgilanadi.
7. Tuman ishchi guruhi (A.Allayev):
tegishli tashkilotlar hamda tijorat banklari bilan birgalikda hududlardagi samarasiz issiqxona xo‘jaliklarini aniqlab, egalari bilan kelishgan holda ularning yangi tashabbuskorlarga o‘tkazib berilishini (oldi- sotdi, kredit bo‘yicha bank oldidagi majburiyatlarni sotib olish yoki boshqa kelishilgan shartlarda) tashkil etsin;
ikki oy muddatda yer uchastkasiga bo‘lgan egalik huquqini rasmiylashtirishda muammosi bo‘lgan issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazib, ularning yechimi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish uchun tuman hokimligiga tegishli hujjatlarni kiritsin;
issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha doimiy ravishda takliflar kiritib borsin.
8. Tuman hokimligi matbuot xizmati (L.Mansurov) ommaviy axborot vositalarida issiqxona xo‘jaliklarida intensiv usulda mahsulot yetishtirish, ularni ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha ijobiy tajribalarni atroflicha yoritib borsin.
9. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi (A.Allayev) manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida tuman hokimligiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi (A.Allayev) belgilansin.
11. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Yodgorov zimmasiga yuklansin.
2022 - yil 22 - noyabr 174-5-74-Q/22
Tuman hokimi A.Fayziyev
Nurota tuman hokimining 2022 yil 22 noyabrdagi 174-5-74-Q/22-son qaroriga 1-ilova |
Issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tuman ishchi guruhi
TARKIBI
Т/R |
Familiyasi, ismi sharifi |
Lavozimi |
1. |
A.Allayev |
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, Ishchi guruh rahbari |
2. |
O.Aliqulov |
ATB “Agrobank” tuman filiali boshqaruvchisi, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari |
3. |
O.Jo‘raqulov |
Tuman DSI boshlig‘i |
4 |
Sh.Ibodullayev |
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari |
5. |
Sh.Ismatillayev |
“Hududgaz Navoiy” Nurota tuman filiali direktori |
6. |
U.Farmonov |
Tuman XTEK rahbari |
7. |
X.Po‘lotov |
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining tuman loyiha ofis rahbari, Ishchi guruh kotibi |