Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-172-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi “Sentob” va “Jarma” mahalla fuqarolar yigʻinlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturiga kiritilgan. Dastur doirasida ushbu mahallalarda yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va taʼmirlash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-172-sonli qarorining tumandagi ijrosini muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan,
QAROR QILADI:
1. Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Rustamovning “Tumanda 2022-yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh.Rustamov)ga:
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturlari doirasida tumanda amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlanishini tashkilashtirish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan keyingi oy yakuni bilan Xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritish vazifalari yuklatilsin.
3. Tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov)ga:
tumanda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Zokirov) zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2022 - yil 22 - noyabr VII-45-163-5-74-K/22
Kengash raisi A.Fayziyev