Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 17.11.2022 20:02

Tuman mahalliy byudjetining 2022-yil 3-choragida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” ning 126-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 8-apreldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrsida”gi KQ-331-IV-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan namunaviy Nizomga muvofiq, tuman moliya boʻlimining 2022-yil 31-oktyabrdagi №01-12-238/20-03-38/234-sonli xati hamda xulosasi va tuman Davlat soliq inspeksiyasining xulosasi hamda tuman byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyaning xulosasini inobatga olib, tuman mahalliy byudjetining 2022-yil 1-chorak hamda 3-choragida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan, xalq duputatlari Nurota tuman Kengashi

Q A R O R   Q I L A D I:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlarida, Hukumat qarorlari va bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlari va muassalari, byudjetdan mablagʻ oluvchilarning murojaatlarida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida tuman mahalliy byudjetining 2022-yil 1-choragida daromadlarning rejadan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan “Ayollar daftari jamgʻarmasiga” 92,0 mln.soʻm, “Yoshlar daftari jamgʻarmasiga” 92,0 mln.soʻm hamda 2022-yil 3-chorak daromadlarning rejadan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan ilovaga muvofiq tegishli tashkilot va muassasalarga mablagʻ ajratilsin.

2. Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashi kotibiyati (O.Safarov) tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratilgan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablagʻ oluvchilarning ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalari toʻgʻrsidagi hisobotlarini xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida eshitib borilishini taʼminlasin.

3. Byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda byudjetdan mablagʻ oluvchilar ajratilgan mablagʻdan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.

4. Tuman Moliya boʻlimi, tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablagʻlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilsin.

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (A.Boʻriyev) va xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha (F.Ermakov) doimiy komissiya  zimmasiga yuklansin.

2022 - yil 17 - noyabr VII-44-153-5-74-K/22

Kengash raisi A.Fayziyev

 

Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining

2022 yil 17 noyabrdagi

VII-44-153-5-74-K/22-son qaroriga

1-ilova

Nurota tuman mahalliy byudjetining 2022-yil 3-choragida daromadlarning rejadan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar

Т/р

Tashkilot va muassasa nomi

Maqsadi

Yoʻnaltiriladigan mablagʻlar (mln.soʻmda)

IZOH

1

Tuman hokimligiga

“Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga

178,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori

“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga

178,0

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori

“Fuqarolar tashabbusi” jamgʻarmasiga

356,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072 sonli qarori

Tuman hokimligi balansidagi avtomoninalarga extiyot qismlar sotib olish xarajatlari uchun

30,2

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Boʻriyev,Tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Rustamov, tuman hokimi oʻrinbosari R.Azimovlarning tuman hokim nomiga yozgan bildirgisi

Qoʻriqlash xizmati xarajatlari uchun

7,7

Tuman hokimi birinchi oʻrinbosari A.Boʻriyevning bildirgisi

2

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga

13-sonli maktabgacha talim tashkilotiga jalyuzi pardalar sotib olish xarajatlari uchun

34,5

Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimining 2022-yil 27-oktyabrdagi №01/5-854-sonli xati

3

Tuman Obodonlashtirish bo‘limiga

Tuman markazidagi ijtimoiy bannerlarni yangisiga almashtirish xarajatlari uchun

20,0

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2022-yil 26-oktyabrdagi №01-15/290-sonli xati

2022-yil kuz mavsumida “Yashil makon” dasturi doirasida daraxt koʻchatlarini ekish, yer tayyorlash ishlari uchun YOMM moxsuloti sotib olish xarajatlari uchun

15,0

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2022-yil 26-oktyabrdagi №01-15/290-sonli xati

2022-yil kuz mavsumida “Yashil makon” dasturi doirasida turli xil manzarali va mevali daraxt koʻchatlari sotib olish xarajatlari uchun

88,9

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2022-yil 26-oktyabrdagi №01-15/290-sonli xati

Tuman markazidagi koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida atirgul koʻchatlari sotib olish va ekish xarajatlari uchun

175,0

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2022-yil 26-oktyabrdagi №01-15/290-sonli xati

4

Tuman xalq ta’limi bo‘limiga

Umumtaʼlim maktablari kutubxonalariga badiiy kitoblar sotib olish xarajatlari uchun

20,0

Tuman xalq taʼlimi boʻlimining 2022-yil 12-oktyabrdagi №01-01/7-1139 sonli xati

Jami

х

1 103,3

х