Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 93-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 13-Nurota saylov okrugida oʻrni boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga saylov 2022-yil 18-dekabr, yakshanba kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi Nurota tuman saylov komissiyasi (B.Tojiyev)ga 13-Nurota saylov okrugida oʻrni boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga saylovni oʻtkazish bilan bilan bogʻliq barcha tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
3. Tuman Moliya boʻlimi (S.Haydarov)ga saylovni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni tuman mahalliy byudjeti hisobidan qoplash vazifasi topshirilsin.
4. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Toʻychiyev) hamda tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi (X.Toʻychiyev)lar zimmasiga yuklatilsin.
2022 - yil 18 - noyabr VII-45-156-5-74-K/22
Kengash raisi Kengash raisi A.Fayziyev