Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 18.11.2022 18:11

18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

Bugun 18 noyabr sanasida Nurota tumani "Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi" yonida joylashgan "Sharaf bayrogʻi" oldida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 31 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi A.Fayziyev, sektor rahbarlari va tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari keng aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir dastaval Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan soʻng, tuman hokimi barchani Davlat bayrogʻining 31 yilligi munosabati samimiy qutladi.

Tadbir davomi sifatida shahar markazi boʻylab avtomobillarga bayroqlar ilingan holda avtokarvon harakati yoʻl oldi.