Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 17.11.2022 09:33

Bola nafaqasi 18 yoshgacha to'lanadi

14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha toʻlanadi.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha:

● 3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming soʻm;
● 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming soʻm;
● oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 150 ming soʻm;
● oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming soʻmdan.

Yolgʻiz fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam ta’minlangan oilalarga oylik 380 ming soʻm moddiy yordam tayinlanadi.