Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 16.11.2022 09:05

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-376-son qarori ijrosini taʼminlash haqida

Kasanachilikni rivojlantirish orqali oila byudjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25, 27-moddalariga asosan,

QAROR  QILAMAN:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-376-son va viloyat hokimining 2022-yil 2-noyabrdagi 206-5-0-Q/22-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

2022-yil 1-oktabrdan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qarorining 4-bandiga muvofiq, kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirilganligi;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undirilishi;

ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar boʻlgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik subyektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi toʻlovidan 2027-yil 1-oktabrga qadar ozod etilishi belgilanganligi;

b) Shuningdek:

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara toʻlovlari uchun beriladigan imtiyozlarning shartlari;

kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi;

v) quyidagilar:

mahallalarda tashkil etiladigan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (keyingi oʻrinlarda - markazlar) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan barpo etilishi;

markazlar binolari mahalla fuqarolari yigʻini tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining tavsiyasiga asosan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga muvofiq tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ijaraga berilishi;

xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati tashkil etilgan markazlarda bitta yoʻnalish boʻyicha jalb qilingan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mehnatiga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlanishi;

markazlarda bitta loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida har bir nafar bandligi taʼminlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda 3 million soʻmdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratilishi;

ajratilgan davlat granti ijtimoiy loyihani amalga oshirish maqsadida markazlarda tashkil etiladigan tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik va turli hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash uchun zarur boʻladigan dastgoh, uskuna va jihozlar xarid qilishga yoʻnaltirilishi belgilanganligi inobatga olinsin.

3. Nurota tumani hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi G.Bobomurodova tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagi choralarni koʻrsin:

Tumanda tashkil etiladigan xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari”ni joriy etish;

kasanachilik orqali yangi ish oʻrinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “Eng namunali tadbirkor” koʻrik-tanlovinining tuman bosqichini oʻtkazish;

Tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi (A.Shokirov), Navoiy viloyati Kadastrlar palatasi tuman boʻlimi (E.Roʻzimurodov) bilan birgalikda ilovada koʻrsatilgan mahallalarda boʻsh yer uchastkalari va boʻsh binolarning (binolar bir qismining) markazlar tashkil etish uchun tegishli mahallalarga ajratilishini va ularning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin.

4. Tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi (A.Shokirov), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tuman boʻlimi (X.Qarshiboyev), tuman davlat soliq inspeksiyasi (O.Joʻraqulov), Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda markazlar binolarini tadbirkorlik subyektlariga 5 yilgacha ijaraga berish hamda markazlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda mahallalarga koʻmaklashsin.

5. Tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov), “Nurnoma” gazetasi (L.Bozorov)lar mazkur qarorning mazmun-mohiyatini va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.

6. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari A.Boʻriyev zimmasiga yuklansin.

2022 - yil 16 - noyabr
171-5-74-Q/22

Tuman hokimi A.Fayziyev

 

 

Nurota tuman hokimining

2022 yil 16 noyabrdagi

171-5-74-Q/22-son qaroriga

1-ilova

 

 

 

 

 

 

Mahallalarda tashkil etiladigan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarining

MANZILLI ROʻYXATI

Т/r

Tuman (shahar) nomi

Markazlar manzili

Markazlar tashkil etiladigan obyekt turi

(bino, inshoot yoki yer maydoni)

Markazlarni ishga tushirish muddati

1.

Nurota tumani

Nurfaxr MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

2.

Nurota tumani

Suvliq MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

3.

Nurota tumani

Qizilcha MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

4

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

5

Nurota tumani

Temirqovuq MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

6

Nurota tumani

Amir Temur MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

7

Nurota tumani

Jarma MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

8

Nurota tumani

Ibn Sino MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

9

Nurota tumani

Sayidato MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

10

Nurota tumani

Oqmachit MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

11

Nurota tumani

Istiqbol MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

12

Nurota tumani

Turko MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

13

Nurota tumani

A. Navoiy MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

14

Nurota tumani

Mirishkor MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

15

Nurota tumani

Shahriston MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

16

Nurota tumani

Nurobod MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

17

Nurota tumani

Eshoni Sudur MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

18

Nurota tumani

Gʻ. Gʻulom MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

19

Nurota tumani

Boʻdiq MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

20

Nurota tumani

Yangihayot MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

21

Nurota tumani

Chuya MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

22

Nurota tumani

Qadoq MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

23

Nurota tumani

Boʻston MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

24

Nurota tumani

Tinchlik MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

25

Nurota tumani

Istiqlol MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

26

Nurota tumani

Yangiturmush MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

27

Nurota tumani

Dehibaland MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil dekabr

28

Nurota tumani

Avazsoy MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil noyabr

29

Nurota tumani

Orasoy MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil oktyabr

30

Nurota tumani

Sentob MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil oktyabr

31

Nurota tumani

Kattasoy MFY

Boʻsh turgan bino, inshoot

2022-yil oktyabr