Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 16.11.2022 12:03

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda maktab direktori va uning o‘rinbosari qorovulxonada qarta o‘ynab o‘tirgani aks etgan videolavha tarqaldi

“Boshliq soʻkongʻich boʻlishi mumkin, oʻyinchi boʻlishi mumkin....” sarlavha ostida Nurota tumanidagi 52-umumta’lim maktab direktori va oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari qorovulxonada qimor oʻynab oʻtirgani videoyozuvi tarqatilgan.


Mazkur holat tuman xalq ta’limi boʻlimi tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi. Maktabda oʻquv ishlari, tashkiliy-texnik va kadrlar masalasida oʻziboʻlarchilikka yoʻl qoʻyilgani, ichki tartib-qoidalarga xilof tarzda xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlandi. Maktab direktori R.Safarov va uning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari X.Joʻraboyevlar egallab turgan vazifasidan ozod etildi.