Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.11.2022 15:55

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion orqali chiqariladigan yer uchastkalariga mulk huquqi va ijara huquqini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 10, 25-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksionga chiqariladigan yer uchastkasi vakolatli tashkilotlar bilan kelishilganligi hamda muhokamadan o‘tkazilganligini inobatga olib,

QAROR   QILAMAN:

  1. Nurota  tumani “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini  hududida joylashgan 0,7gektar davlat mulki bo‘lgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkasi ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish maqsadida “Yerelektron” ATT dasturi orqali vakolatli tashkilotlardan kelishuv hamda muhokamadan o‘tkazilganligi qanoatlantirilsin.
  2. Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi Nurota tuman filiali (E.Ro‘zimurodov):

ikki ish kunida elektron onlayn-auksion orqali beriladigan yer uchastkasi maʼlumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini;

yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshirishni;

tuman hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni hamda ko‘chirmani “Yerelektron” AATga kiritilishini;

yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi taʼminlanishini tashkillashtirsin.

  1. Tumani hokimining o‘rinbosari Sh.Rustamovga:

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan, kelishuv natijalari va ijobiy xulosalar olinganidan so‘ng ikki ish kuni ichida quyidagilarni:

auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini;

yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;

auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va ijara shartnomasining loyihasini belgilash topshirilsin.

  1. Mazkur qaror ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.

2022 - yil 1 - noyabr
168-5-74-Q/22

Tuman hokimi   A.Fayziyev
   

Nurota tuman hokimining

2022 yil 1 noyabrdagi

168-5-74-Q/22-son qaroriga

1-ilova

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksionga chiqariladigan yer uchaskasi to‘g‘risida maʼlumot

T/R

 

Tuman nomi

Yer uchastkasi manzili

Maydoni, (ga)

Yer uchastkasining “YERELEKTRON” AATdagi unikal raqami

“YERELEKTRON” AATdagi vakolatli organlar bilan kelishilganlik holati

1

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

0,10

P1712238001/1

Kelishilgan, tasdiqlangan

2

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

0,10

P1712238001/2

Kelishilgan, tasdiqlangan

3

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

0,10

P1712238001/3

Kelishilgan, tasdiqlangan

4

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

0,10

P1712238001/4

Kelishilgan, tasdiqlangan

5

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

0,10

P1712238001/5

Kelishilgan, tasdiqlangan

6

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

0,10

P1712238001/6

Kelishilgan, tasdiqlangan

7

Nurota tumani

Mustaqillik MFY

0,10

P1712238001/7

Kelishilgan, tasdiqlangan

7

Jami

0.70