Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.11.2022 15:53

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Asatovning “Hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini oʻrganish” yuzasidan kiritgan axboroti toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi lavozimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR   QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Asatovning “Hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini oʻrganish” yuzasidan kiritgan axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Hokim yordamchilariga:

muomala madaniyatiga rioya etishi, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishi, ularning murojaatlariga xolisona va vijdonan yondashishi, ayniqsa, bolalar, ayollar va qariyalarga alohida eʼtibor qaratishi;

fuqarolar bilan muloqotda sansolorlikka yoʻl qoʻymasligi hamda bevosita oʻz vakolatlari doirasiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan fuqarolarni tegishli tashkilot rahbari yoki masʼul xodimi bilan bogʻlanishi tavsiya etilsin.

3. Tuman ishchi komissiyasiga sektorlar rahbarlari bilan birgalikda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi lavozimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-sonli qaroriga asosan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida ajratilayotgan mablagʻlarni masʼul tijorat banklari bilan birgalikda oyma-oy uzluksiz moliyalashtirib borilishini taʼminlash;

tumandagi mahalla raislari, tuman hokimining mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari bilan birgalikda, mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash maqsadida, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib borish;

ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish hamda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman hokimining moliya- iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda monitoring yuritish;

ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilarini ragʻbatlantirish hamda oʻz faoliyatini Nizom asosida tashkil etmagan hamda natijadorlikka erishmagan hokim yordamchilariga nisbatan intizomiy va moliyaviy jazo choralarini koʻrishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.

4. Nurota tumani hokimligining Axborot xizmati (L.Mansurov)ga mazkur qaror ijrosi boʻyicha olib borilayotgan ishlarni keng yoritib borilishini tashkil etish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklansin.

2022 - yil 1 - noyabr
VII-44-148-5-74-K/22

Kengash raisi A.Fayziyev