Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-sonli farmoyishi bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita taʼsir qilishi mumkin boʻlgan masalalarni hal qilish, masʼul tashkilot va idoralarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-sonli farmoyishining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri B.Bobonazarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman xalq taʼlimi boʻlimi (B.Bobonazarov)ga:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan eʼlon qilinadigan reyting natijalariga asosan, taʼlim sifati past boʻlgan maktablarga amaliy yordam berish maqsadida, taʼlim sifati yuqori boʻlgan maktablar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
fan olimpiadalari va xalqaro olimpiadalarda oʻquvchilar munosib ishtirok etishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish va gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni munosib ragʻbatlantirish choralarini koʻrish topshirilsin.
3. Tuman hokimi oʻrinbosarlari (A.Boʻriyev, Sh.Vafoyev, Sh.Rustamov, G.Bobomurodova), tuman xalq taʼlimi boʻlimi (B.Bobonazarov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-sonli Farmoyishida hamda“Xalq taʼlimini isloh qilish boʻyicha yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
4. Barcha sektor rahbarlari oʻz hududida joylashgan umumtaʼlim maktablari faoliyatini oʻrganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarni koʻrsin.
5. Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (I.Amonov) tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yili 11-sinfni tamomlab, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan oʻquvchilarni bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Tuman xalq taʼlimi boʻlimi (B.Bobonazarov), tuman hokimligi matbuot xizmati (L.Mansurov) hamda “Nurnoma” gazetasi tahririyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli Farmoyishi mazmun-mohiyati, ahamiyatini va xalq taʼlimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari (Sh.Vafoyev) va xalq deputatlari tuman Kengashining taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari doimiy komissiyasi (A.Aslonov) zimmasiga yuklatilsin.
2022 - yil 1 - noyabr
VII-44-145-5-74-K/22
Kengash raisi A.Fayziyev