Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.11.2022 15:48

Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

Nurota tuman adliya boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida 2022-yil 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, norma ijodkorligi sohasida oʻtgan davrda tuman hokimligining 8 ta normativ tusdagi tuman hokimi qarori huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, hokimlik, korxona va tashkilotlarga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, tegishli hujjatlar qabul qilinishi boʻyicha 160 dan ortiq huquqiy maslahatlar berildi.

Boʻlim tomonidan joriy yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish davomida 5000ga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlanib, natijasiga koʻra tegishli tashkilotlarga 103 ta taqdimnoma va sudlarga 210 mln.soʻmga yaqin pul mablagʻlarini undirish boʻyicha 73 ta daʼvo ariza kiritildi, 656 ta ogohnomalar eʼlon qilinib, 45 nafar shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar berildi.

Qoʻllanilgan taʼsir choralar natijasida fuqarolar va yuridik shaxslar foydasiga 3 mlrd.soʻmga yaqin ish haqlari va zararlar undirilishi taʼminlandi, 54 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 200ga yaqin noqonuniy hujjat qonunga muvofiqlashtirildi.

Joriy yilning 9 oyida asosiy eʼtibor jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan yozma va ogʻzaki murojaatlarni ijobiy hal qilishga qaratib kelinib, koʻrib chiqilib hal qilingan 321 ta murojaatlarning 225 tasi qanoatlantirildi, 96 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilib, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 31 ta takliflar berildi.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan Xalq qabulxonasi, tumandagi sektor rahbarlari hamda boshqa mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlikda tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida 53 marta sayyor qabullar tashkil qilinib, aholining muammolari oʻrganildi. Sayyor qabullar davomida fuqarolardan 90 ga yaqin murojaatlar boʻlim ish yurituviga qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashi kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan,

QAROR   QILADI:

1. Tuman Adliya boʻlimi boshligʻi U.Suvonovning tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Tuman Adliya boʻlimi boshligʻi U.Suvonov:

tumandagi tashkilot va korxonalar tomonidan norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotini hududlar va sohalar kesimida kompleks tahlil qilish, bunda uslubiy koʻmak koʻrsatish orqali samaradorlikni oshirish choralariga alohida eʼtibor qaratish;

huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish sohasida, huquqiy targʻibot sohasida qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish, “respublika-viloyat-tuman-mahalla” prinsipi boʻyicha aholining huquqiy savodsizligiga barham berishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;

tuman hududida  qurilish, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishda sohalarga oid qonunchilikni chuqur tahlil qilib, korrupsiyaga oid normalarni bartaraf etish choralarini koʻrsin.

3. Tuman hokimi oʻrinbosari (Sh.Vafoyev), tuman adliya boʻlimi (U.Suvonov) hamda tegishli tashkilot va korxonalar bilan birgalikda:

aholining huquqiy ongi va maʼdaniyatini yuksaltirish maqsadida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini ularga tezkorlik bilan yetkazish uchun eng avvalo tumandagi barcha davlat organlari va tashkilotlarini, shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻinlarini yagona himoyalangan elektron pochta tizimi orqali adliya boʻlimiga ulanishni taʼminlash;

tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabullarni koʻproq tashki etish va qabullar davomida ishtirokchilarga yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini targʻib qilib borish;

har bir davlat tashkiloti tomonidan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining manmun-mohiyati va ahamiyatini oʻzining ishchi xodimlariga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarini tizimli ravishda monitoring qilib borish;

qonunchilikdagi tushunmovchiliklar va muammolar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha adliya boʻlimidan tegishli maslahatlar olish hamda doimiy hamkorlikni taʼminlash;

sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqib, viloyat  adliya boshqarmasiga taqdim qilib borish topshirilsin.

4. Tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov)ga tumanda norma ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti hamda huquqiy targʻibot va maʼrifat sohasidagi olib borilayotgan ishlar ahvoli toʻgʻrisida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklansin.

2022 - yil 1 - noyabr
VII-44-142-5-74-K/22

Kengash raisi A.Fayziyev