Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.11.2022 15:46

Sektorlar va hududdagi tashkilot, muassasa, korxonalar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash boʻyicha faoliyati holati toʻgʻrisida

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlar doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga muhim vazifalar yuklatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar chuqur tahlil qilinganda, 2022-yil 9 oyidavomida tushgan murojaatlar jami 414 tani tashkil qiladi.

Murojaatlar sektorlar kesimida tahlil qilinganda:

1-sektor (tuman hokimi A.Fayziyev) 2022-yil 9 oyida jami 115 ta (27,8 %) (oʻtgan yilning shu davrida 74 ta 12,6 %) murojaat kelib tushgan. 40 ta (34,8 %) murojaat ijobiy hal etilgan, 46 ta (39,3 %) huquqiy maslahat berish yoʻli orqali hal etilgan, 18 ta (15,4 %) tushuntirish berilgan, 9 ta murojaat oʻrganish jarayonida.

2-sektor (tuman prokurori F.Norov) 2022-yil 9 oyida jami 96 ta (23,2 %) (oʻtgan yilning shu davrida 112 ta 19 %) murojaat kelib tushgan.43 ta (44,8 %) murojaat ijobiy hal etilgan, 27 ta (28,1%) huquqiy maslahat berish yoʻli orqali hal etilgan, 16 ta (16,7 %) tushuntirish berilgan, 10 ta murojaat oʻrganish jarayonida.

3-sektor (Tuman IIB boshligʻi U.Abdurahmonov) 2022-yil 9 oyida jami 87 ta (21 %) (oʻtgan yilning shu davrida 158 ta 26,8 %) murojaat kelib tushgan. 42 ta (48,3 %) murojaat ijobiy hal etilgan, 23 ta (26,4 %) huquqiy maslahat berish yoʻli orqali hal etilgan, 16 ta (18,4%) tushuntirish berilgan, 6 ta murojaat oʻrganish jarayonida.

4-sektor (Tuman DSI boshligʻi O.Jurakulov) 2022-yil9 oyida jami 115 ta (27,7 %) (oʻtgan yilning shu davrida 244 ta 41,5 % ) murojaat kelib tushgan.49 ta (42,6 %) murojaat ijobiy hal etilgan, 33 ta (28,7 %) huquqiy maslahat berish yoʻli orqali hal etilgan, 26 ta (22,6 %) tushuntirish berilgan, 6 ta murojaat oʻrganish jarayonida.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek aholini tashvishga solayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha vazifalar ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6,24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR   QILADI:

1. Sektorlar va xududdagi tashkilot, muassasa, korxonalar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash boʻyicha faoliyati xolati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Asatovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tashkilot, muassasa, korxonalar rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻinlariga:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlari talablari asosida murojaatlar bilan ishlashda alohida nazorat oʻrnatish hamda ijro intizomini kuchaytirish;

eng koʻp murojaatlar tushayotgan mahallalarda qabullar tashkil qilish, MFY faollari va boshqa mutasaddi xodimlar qabullarga haqiqiy masalasi bor hamda norozi kayfiyatdagi fuqarolarning masalalari yuzasidan qatnashishi taʼminlanishini nazoratga olish;

aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga qaratilgan, murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini taʼminlash;

murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqning soʻzsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda ijrosini taʼminlash;

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini oʻtkazish;

qonunda belgilangan muddatlarda arizani koʻrib chiqmaslik yoki ariza muallifiga xabar bermaslik holatlariga chek qoʻysin.

3. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (A.Boʻriyev, Sh.Rustamov, R.Azimov, F.Yodgorov, Sh.Vafoyev, G.Bobomurodova)ga:

mahallalardagi yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha ishlarning samaradorligi va uygʻunligini taʼminlash maqsadida hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning tuman hokimligi hamda sektor rahbarlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish;

tumanning ishchanlik muhiti va faolligini tahlil qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan dolzarb muammolarni hal etishga koʻmaklashish, shakllangan tadbirkorlik madaniyati va mahalliy anʼanalar, hududning oʻziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, tumanni rivojlantirish boʻyicha manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

muntazam ravishda respublika darajasida hal etilishi lozim boʻladigan masalalarni viloyat hokimligiga taqdim etish uchun tayyorlab borish;

tegishli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari asosida ularni amaldagi rahbar kadrlar zahirasiga qoʻshish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish topshirilsin.

5. Tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov) tumanni kompleks rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning bajarilishiga masʼul korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmalariga yuklatilsin.

2022 - yil 1 - noyabr
VII-44-139-5-74-K/22

Kengash raisi A.Fayziyev