Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 02.11.2022 14:23

Nurotada barcha qulayliklarga ega stomatologiya markazi ish boshladi

Bugun Nurota tumanida zamonaviy barcha qulayliklarga ega stomatologiya binosining ochilish marisimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida tuman hokimi A.Fayziyev, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Marosimda tuman hokimi soʻzga chiqib barcha tumandoshlarni ushbu maskanning ochilishi munosabati bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng, ramziy lenta kesilib, ushbu davolash maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Ushbu davolash markazi "Нур-Дента" xususiy korxonasiga tegishli boʻlib, davolash, protezlash, jarrohlik amaliyoti, kattalar va bolalar, ortoped va terapiya boʻlimlaridan iborat.