Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 03.11.2022 14:19

Tumanda 13-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Nurota tumani «Gʻ. Gʻulom» MFYda joylashgan 13-sonli DMTT rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.
Marosimda tuman hokimi A.Fayziyev, Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi Oʻ.Tillayev, tuman sektor rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Marosimda tuman hokimi hamda viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi soʻzga chiqib barcha tumandoshlarni ushbu maskanning ochilishi munosabati bilan samimiy qutladi.


Shundan soʻng, ramziy lenta kesilib, ushbu muasasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti "Ashraf" X/K tomonidan qayta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Mazkur muassasa 3 qavatdan iborat boʻlib, 150 oʻringa moʻljallangan va unda bolajonlarimiz uchun keng va shinam xonalar, zamonaviy mebel jihozlari hamda oʻquv-uslubiy koʻrgazmali qurollar bilan toʻliq ta’minlangan.


Ma’lumot oʻrnida tumanda jami 83 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud boʻlib, shundan 19 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 6 ta davlat xususiy sherikchilik asosdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 58 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.