Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar yuzasidan xisobotlar berilmoqda.
1. Tumanda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturining ijrosi toʻgʻrisida.
2. Nurota tumanida investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
3. Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
4. Sektorlar va xududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash xolati yuzasidan hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida.
5. Nurota tumani mahalliy budjetining 2022-yil 3 chorak ijrosi hamda Nurota tumanida 2022-yilning 1-oktyabr holatiga jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-sonli Farmoyishining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida.
7. Tumanda maktabgacha ta’lim tizimining bugungi kundagi holati, uning sifat va samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlari hamda istiqboldagi vazifalar toʻgʻrisida.
8. “Nurotatumangaz” filiali boshligʻining qishgi mavsumga tayyorgarlik, tabiiy gaz nazorati va hisobini avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini tadbiq etish borasidagi faoliyati yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.
9. Boshqa masalalar.