Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.11.2022 09:00

Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli qarori ijrosini ta'minlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli  hamda Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 18-oktabrdagi 198-5-0-Q/22-sonli qarorlari ijrosini ta‘minlash borasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan,

QAROR QILAMAN:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 18-oktabrdagi 198-5-0-Q/22-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorining 2-bandida byudjet buyurtmachilari uchun nazarda tutilgan cheklovlar Elektron kooperasiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda - yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar) tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlarni xarid qilishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilganligi;

2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha tegishlicha reestriga kiritilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni shartnoma asosida sotib olishi belgilanganligi, bunda, barcha davlat buyurtmachilari yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslardan xarid qilingan tovarlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘zining yoki yuqori turuvchi tashkilotlarning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib borishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (A.Bo‘riyev)ga:

Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda hududlarda ko‘rgazma yarmarkasini o‘tkazish uchun zarur pavilonlarni aniqlash va viloyat hokimligiga axborot kiritish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;

doimiy tarzda tadbirkorlik sub'yektlari uchun o‘tkaziladigan ko‘rgazma yarmarkasi doirasida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning o‘z maxsulotlari bilan ishtirok etishini ta'minlash yuklatilsin.

4. Tuman hokimining o‘rinbosarlari (A.Bo‘riyev, Sh.Vafoyev)ga:

belgilangan vazifalar o‘z muddatida va sifatli bajarilishi hamda yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning faoliyatiga ko‘maklashish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha viloyat hokimligiga ma'lumot kiritib borishga shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin.

5. Tuman hokimi o‘rinbosari (Sh.Rustamov)ga:

viloyat transport boshqarmasi, va tegishli korxona, tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekistan nogironlar assosiasiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyatining talabnomalariga asosan yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning joylashuvidan kelib chiqib, mavjud jamoat transporti yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki yangilarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.

6. Tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov)ga:

muntazam ravishda yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar faoliyati hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlar, shuningdek, ushbu qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida hamda internet tarmog‘ida keng yoritib borilishini ta'minlasin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Bo‘riyev va Sh.Vafoyev zimmalariga yuklansin.

2022 - yil 31 - oktabr 167-5-74-Q/22

Tuman hokimi A.Fayziyev