Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 20.10.2022 09:59

Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Nurota tumanidagi “Ergash Jumanbulbul” bogʻida tumanimizdagi ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Yarmarkada tumandagi 44 ta korxona va tashkilotlar, muassasa va fermer xoʻjaliklarida mavjud 135 ta boʻsh ish oʻrni, 24 ta xususiy korxonalardan 111 ta jami 246 ta doimiy boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.

- kasb-hunarga oʻqitish maskaniga 25 nafar ishsiz xotin-qizlarni xususan yoshlarni kashtachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish uchun yoʻnaltirildi.

Mazkur oʻquv kursini toʻliq tugatgandan soʻng, doimiy ishga joylashtirish hamda ularning bandligi ta’minlash choralari koʻriladi.

- 7 nafar bandligi taminlanmagan yoshlar va xotin-qizlar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

- 52 nafar ishsiz fuqarolarga turli yoʻnalishlar boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.