Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 13.10.2022 14:33

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Nurota tumanida ochiq muloqot o‘tkazildi

Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning tashabbusi bilan aholini huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun “Ombudsman maktabi” loyixasining navbatdagi tadbiri Nurota tumanida o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar, xususan aholi bandligini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy xuquq va manfaatlarini ximoya qilish borasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan.

“Ombudsman maktabi” o‘quv mashg‘ulotida viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i SH.Nabiev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi raxbari F.Quvondiqov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i L.Xayrullaev, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i v.b. A.Mardonqulovlar tomonidan sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun va mohiyati, aholiga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbirda 2022 yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilinishi hamda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan o‘z vaqtida va to‘laqonli aholini xabardor qilish, ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlarda, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda mahallaning hal qiluvchi roli va ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili SH.Djuraev mintaqaviy vakil faoliyatini amalga oshirilishi, vakolat-vazifalari, ularni bajarishda davlat organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari jamoatchilik hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorligimuhim ekanligi to‘g‘risida to‘xtaldi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi raxbari F.Quvondiqovlar ham qatnashib, so‘zga chiqdi va inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarning muhim ekanligiga e’tibor qaratdilar. Joylarda bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlab o‘tishdi.