Keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida «Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat» degan gʻoya ostida Nurota tumanida «Keksalar haftaligi» tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirda tuman hokimi A.Fayziyev, sektor rahbarlari hamda tumanning barcha mahallalari nuroniylari ishtirokida "Oqshom" toʻylar maskanida madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Nurota tuman hokimi A.Fayziyev soʻzga chiqib, «Keksalar haftaligi» tadbir bilan barcha ishtirokchilarni samimiy tabrikladi.
Shundan soʻng, tumanimizda uzoq yillar samarali xizmat qilgan, islohotlar muvaffaqiyati yoʻlida jonbozlik koʻrsatib kelayotgan oʻrta avlod vakillari hamda faol yoshlar bir piyola choy ustida dildan suhbat qurildi.
Tadbirda soʻz olgan nuroniylar yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, yangilanish va tub oʻzgarishlar haqida oʻz mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv dilkash suhbatlar, dilrabo kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi.