O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorini tumanda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Vafoyevning hisoboti to‘g‘risida
Til millatning ko‘rki, millatni millatdan, elatni elatdan farqini ko‘rsatib beruvchi asosiy vositadir. Manbalarda aytilishicha, yer yuzidagi millat va elatlar 5000ga yaqin tilda o‘zaro muloqotga kirishadilar. Ammo zamonaviy texnologiyalar tufayli har yili dunyodagi o‘nlab tillar muomaladan chiqib ketadi.
Natijada tilga qo‘shilib, millat ham yo‘qoladi. Tillarning muomaladan chiqib, o‘lik tillarga aylanib ketishi bir qancha omillarga bog‘liq. Muayyan bir tilga boshqa tillardan ko‘plab yangi so‘zlarning o‘zlashtirishi natijasida chet tili o‘sha tilni “yutib yuboradi”, aniqroq qilib aytsak, muloqotdan chiqarib yuboradi.
Yurtimizda ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar o‘zining keng ko‘lami bilan ahamiyatga molikdir. Jumladan, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan 2019-yildan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish, shuningdek, tuman va shaharlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etildi va ularga hududda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunida belgilangan talablarning ijrosini qat’iy nazorat qilish vazifasi yuklatildi. Ushbu qonun va qonunosti hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi bo‘yicha tumanda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tumanda maxsus ishchi guruhlari shakllantirilib, tuman markazi va markaziy ko‘chalar yoqasida joylashgan yirik savdo majmualari, savdo markazlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan bino va yer uchaskalarida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda har xil hajmdagi temir, yog‘och qurilmali (konstruksiya) tuman ko‘rkiga salbiy ta’sir qiluvchi peshlavha, e’lon, chaqiruv, reklama vositalari joylashtirilishining oldini olish uchun har oyda ikki martadan o‘rganish tashkil etilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-sonli qaroriga muvofiq bugungi kunda Nurota tumani bo‘yicha o‘rnatilgan 2000 dan ortiq tashqi yozuvlarning (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlar) o‘tgan davr mobaynida deyarli 95 % ga davlat tiliga muvofiqlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil-20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 34-sonli qaroriga muvofiq, hududlarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha, reklama va boshqa e’lonlar, axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi va ishchi guruhi tasdiqlangan. Mazkur ishchi guruhi tomonidan mavjud tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha, reklama va boshqa e’lonlar, axborot matnlarining holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Birgina joriy yilning 9 oyi davomida Nurota tumani hududidagi “Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga mos kelmaydigan hamda ma’nan eskirgan 104 ta tashqi yozuvlarning 86 tasi olib tashlandi va yangisiga almashtirildi. O‘zgartirilgan tashqi yozuvlarning 37 tasi xorijiy tillarda yozilgan bo‘lib, shundan 26 tasi peshlavha, 11 tasi reklama hamda 38 tasi boshqa e’lon va axborotlardir.
Imlo xatolari bilan yozilgan tashqi yozuvlar soni 5 ta bo‘lib, ular asosan tuman chetidagi avtoxizmat shahobchalari hamda savdo-sotiq do‘konlariga o‘rnatilgan. Xato yozilgan ushbu tashqi yozuvlarning barchasi bexato yozilgan tashqi yozuvlarga almashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 30/1-2308-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman hokimligi tomonidan chiqarilayotgan barcha me’yoriy hujjatlarning 95 foizi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilmoqda. Tumandagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar 100 foiz lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida aks ettirilishiga erishildi. Tadbirkorlar tomonidan chiqarilayotgan reklama va e’lonlarning ham 98 foizi lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida aks ettirilgan. Kamchiliklar ishchi guruhi tomonidan aniqlanib bartaraf etib borilmoqda.
Asosan xususiy mulk bo‘lgan bino inshootlardagi reklama qurilmalari va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan kichik-kichik hajmdagi qurilmalardagi yozuvlarni o‘zbek tilida yozilishi bo‘yicha kunlik nazorat ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada barcha reklama tarqatuvchi yuridik shaxslar reklamalarning o‘zbek tilida va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi bo‘yicha ogohlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi, tumandagi korxona, tashkilot tizimidagi barcha xodimlar uchun davlat tilini o‘rganish bo‘yicha Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markaziga har oyda bir nafar xodimni reja asosida jalb etib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining tumanda ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Vafoyevning hisobotini muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Nurota tumani Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorini tumanda ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Vafoyevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tegishli mas’ul korxona, tashkilot, idora va ta’lim muassasalari rahbarlariga:
“Yo‘l xaritasi”da o‘zlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishi, shuningdek, ularning ijro etilishi holati to‘g‘risida har chorakda tuman hokimligiga axborot berilishi bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
3. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha tuman ishchi guruhi (U.Kenjayev)ga:
“Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosiga mas’ul etib belgilangan korxona, tashkilot, idora va ta’lim muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, har oyning 25-sanasida ular tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlarni umumlashtirib tahlil qilish hamda bajarishda yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish;
har chorakda “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarga mas’ul etib belgilangan korxona, tashkilot, idora va ta’lim muassasalari rahbarlarining axborotini eshitib borish;
“Yo‘l xaritasi”ning ijro etilishi holati to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha tuman hokimligiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Kenjayev, tuman xalq ta’limi bo‘limi (B.Bobonazarov) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, pasportning takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri yozilishini ta’minlash maqsadida soha xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
5. Tumandagi barcha davlat boshqaruvi organlari, korxona, tashkilot va idora hamda ta’lim muassasalari rahbarlari:
2022-yil 15-oktabrga qadar o‘z tizimi doirasida ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirish, shuningdek, lotin alifbosidagi sohaga oid adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha reja-dastur ishlab chiqish va tasdiqlash;
2023-yil 1-yanvardan barcha turdagi ish qog‘ozlari, blankalar, shuningdek, joy, ko‘cha, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
2023-yil 1-yanvardan boshlab ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
6. Tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Kenjayevga har oyda tuman hokimi boshchiligida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish va tumanda amalga oshirilayotgan ishlar hamda chora-tadbirlar rejasining ijrosini muhokama qilib borish tizimini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har oyda tuman hokimligiga ma’lumot taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
7. Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari (A.Bo‘riyev, Sh.Rustamov, R.Azimov, Sh.Vafoyev, F.Yodgorov, G.Bobomurodova) tuman hokimligi apparati tashkiliy-kadrlar guruhi (X.To‘ychiyev) tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (U.Kenjayev), davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari rahbarlariga uch kun muddatda o‘zlari rahbarlik qilayotgan tizimda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari asosida yangi ish hujjatlari(blankalari)ni chiqarilishini va bajarilishini o‘z nazoratiga olsin.
7. Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi (X.To‘ychiyev)ga tumandagi barcha korxona, tashkilot va muassasalari bilan hamkorlikda har bir xodimning shaxsiy ma’lumotnoma (ob’yektivka)larini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash va har chorak yakunida o‘tkaziladigan xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida axborot berib borish tavsiya etilsin.
8. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga:
korxona va tashkilotlarga chiqariladigan har bir deputatlik so‘rovlarini 2023-yil 1-yanvardan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuborilishi ta’minlash choralarini ko‘rish;
o‘zlari saylangan saylov okrug hududlarida yozilishida xatolikka yo‘l qo‘yilgan hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilmagan tashqi reklama va peshlavhalarni to‘liq o‘zgartirishni nazoratga olish tavsiya etilsin.
9. Tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov), “Nurnoma” gazetasi tahririyati (L.Bozorov)ga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan tadbirlarni mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoyamasalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (A.Aslonov) zimmasiga yuklatilsin.
2022 - yil 30 - sentabr VII-43-129-5-74-K/22
Kengash raisi A.Fayziyev