Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 03.10.2022 11:08

Nurota tumanida mavjud avtomobil yo‘llariga svetоforlarni o‘rnatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 15-son, 197-modda; 2015 y., 52-son, 645-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son), Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari” (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022 y., 09/22/172/0298-son, 21.07.2022 y., 09/22/393/0654-son) ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan

QАROR QILАMАN:

1. Nurota tumanida mavjud avtomobil yo‘llariga ilovaga muvofiq svetoforlar oʻrnatilsin.

2. Tuman “Yo‘llardan foydalanish” UK (R.Norboboyev), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (R.Saidov)ga tumanda mavjud avtomobil yo‘llariga ilovaga muvofiq svetaforlarni oʻrnatish vazifasi topshirilsin.

3. Yoʻl harakati qatnashchilari “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Yoʻl harakati qoidalari”ga muvofiq oʻrnatilgan yo‘l belgilari hamda svetofor ishoralari, yoʻl chiziqlariga amal qilishlari, shuningdek berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.

4. Tuman IIB YHXG (O.Safarov)ga mazkur svetоforlar oʻrnatilishini hamda tuman hududida transport vositalari harakatini tartibga solinishini nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.

5. Ushbu qaror “Nurnoma” gazetasida chop etilsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

6. Ushbu qaror rasmiy e‘lon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh.Rustamov zimmasiga yuklatilsin.

2022 - yil 3 - oktabr  150-5-74-Q/22

Tuman hokimi A.Fayziyev