Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida tuman mahalliy byudjeti parametrlari va qoʻshimcha manbalar hisobidan Nurota tumani “Fuqarolar tashabbusi jamagʻarmasi”ga jami joriy yilning ikkinchi mavsumida 3 975,1 mln.soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Nizom talablariga muvofiq “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan gʻolib takliflarni aniqlash 3 ta bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich - (qabul qilish bosqichi) joriy yilning 15-iyuldan 3-avgustga qadar davom etib, bunda fuqarolar tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida jami 248 ta takliflar bildirildi.
Ikkinchi bosqich - (koʻrib chiqish bosqichi) 4-avgustdan 23-avgustgacha davom etib, bunda “Ochiq byudjet” axborot portaliga kiritilgan takliflar sohalarga ajratilib, tadbirlar summalariga aniqlik kiritildi va ishchi komissiyaga taqdim etildi. Fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan 248 ta takliflar ishchi komissiya tomonidan belgilangan tartibda oʻrganilib, 161 ta taklif ovoz berish bosqichiga oʻtkazildi.
Uchinchi bosqich (ovoz berish bosqichi) 24-avgustdan 17-sentyabrga qadar davom etdi. Ovoz berish bosqichiga oʻtkazilgan 161 ta takliflar uchun fuqarolar tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portaliga jami 21474 ta ovozlar kelib tushdi.
Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida “Ochiq byudjet” axborot portalida takliflarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ovoz berish jarayonlari yakunlangandan keyin fuqarolar tomonidan bildirilgan quyidagi takliflar tizim tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda “Ochiq byudjet” axborot portalida gʻolib deb topildi . Jumladan:
Nurota tuman 47-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 6 xonali 60 oʻrinli bino qurish taklifi (taklif ID raqami 0770600214) (jami 3232 ta ovoz) xarajatlari uchun 1000,0 (bir milliard) mln. soʻm;
Nurota tuman Barkamol avlod bolalar markazining moddiy texnika bazasini mustahkamlash taklifi (oʻquvchi partasi 45 komplekt, sinf xonalari uchun doska 17 ta, 3 oʻrindiqli skameyka 14 ta, sinf xonalari uchun turli xil oʻlchamdagi shkaflar jami 38 ta, kompyuter uchun stol 10 ta, rahbar xonasi va boshqa xodimlar uchun mebellar toʻplami shuningdek, kompyuter 10 ta, monoblok 6 ta, interaktiv doska 2 ta, televizor 3 ta, tikuv mashinkasi 5 ta, overlok 2 ta, proyektor 1 ta, gaz plita 1 ta, muzlatgich 1 ta, fotoapparat 1 ta, konditsioner 4 ta, noutbuk 2 ta, printer 3/1 3 ta, rangli printer 1 ta, gilamlar, jalyuzi parda va boshqalar xarid qilish uchun) (taklif ID raqami 0770600071) (jami 2939 ta ovoz) xarajatlari uchun 550,0 (besh yuz ellik) mln. soʻm;
Nurota tuman 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabi atrofini temir panjara bilan oʻrash, eski binoni toʻliq joriy taʼmirlash taklifi (taklif ID raqami 0770600045) (jami 2797 ta ovoz) xarajatlari uchun 670,0 (olti yuz yetmish) mln. soʻm;
Nurota tuman 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi atrofini temir panjara bilan oʻrash, eski devorlarni buzish, eski koʻmirxonani buzib oʻrniga yangisini qurish hamda maktab hududini obodonlashtirish taklifi (taklif ID raqami 0770600029) (jami 2521 ta ovoz) xarajatlari uchun 650,0 (olti yuz ellik) mln. soʻm;
Nurota tuman 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi atrofini temir panjara 400 metr bilan oʻrash, maʼnaviyat zalini yer qismini parket qilish, koʻmirxona qurish, hojatxona qurish, sport zalini tashqi va ichki qismini joriy taʼmirlash oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish maqsadida ushbu mablagʻlarni ajratish zarur taklifi (taklif ID raqami 0770400031) (jami 2424 ta ovoz) xarajatlari uchun 600,0 (olti yuz) mln. soʻm;