Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 26.09.2022 15:21

Nurota tumani hokimligining reglamenti

  1. Umumiy qoidalar.
    1.Tuman hokimligi apparatining tuzilmasi.
    2. Tuman hokimligi apparatining tarkibiy bo‘linmalari.
    3. Tuman hokimligi apparati ishini rejalashtirish.
    4. Tuman hokimligida asosiy yig‘ilishlar va tadbirlarni o‘tkazish tartibi.
    5. Tuman hokimligiga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbskiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari. qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining qaror va Farmoyishlari bilan ishlash.
    6. Hokimlik apparati xizmatida foydalanadigan hujjatlar bilan ishlash.
    7. Tuman hokimining qaror va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirish va tarqatish.
    8.Tuman hokimining qaror va farmoyishlari loyihalarining ekspertizasi.
    9. Fuqarorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda fuqarolarni qabul qilish.
    10. Mukofotlash bo‘yicha hujjatlarning tayyorlash tartibi.
    11. Hokimlik apparatida hujjatlarning saqlanishini ta’minlash.
    12. Korporativ kompyuter tarmog‘i va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.
    13. Tuman hokimligi tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi.
    14. Xalq deputalari tuman Kengashi sessiyalarini tayyorlash va o‘tkazish.
    15. Tuman faollar yig‘ilishlarini o‘tkazish tartibi.
    16. Tuman hokimlik soati yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish.
    17. Tuman hokimligi apparat yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish.
    18. Tuman hokimligi huzuridagi komissiyalar va boshqa ishchi organlar ishini tashkil etish.
    19. Tuman hokimligi qabulxonasida navbatchilikni tashkil etish.
  2. Umumiy qoidalar.
    • 1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100, 101 moddalari, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12 sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori talablari asosida tuman hokimligining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
    2. Tuman hokimligi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini amalga oshirilishini, tumanda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari, viloyat hokimining qaror, farmoyishlari, xalq, deputatlari tuman Kengashi qarorlari hamda tuman hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi.
    3. Davlat boshqaruvi organlarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan aloqalarini muvofiqlashtiradi.
    4. Tuman hokimligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi oldida hisobot beradi.
    5. Tuman hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman hokimligining doimiy komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda tuman hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta’minlanadi.
    6. Tuman hokimligi faoliyati tuman hokimi tomonidan tashkil etiladi.
    Tuman hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barcha organlar, korxona va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar chiqaradi.
    Tuman hokimining me’yoriy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.
    7. Tuman hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.
    8. Tuman hokimligi apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritiish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma” hamda ushbu reglamentga amal qiladi.
    9. Maxfiy hujjatlar bilan ishlash tartibi maxsus yo‘riqnomalar bilan belgilanadi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo‘yicha ish yuritish «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
    10. Hokimlik apparatining umumiy bo‘limi tuman hokimi ko‘rsatmasiga binoan hokimlik apparati xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda hokimlikka kelgan boshqa me’yoriy hujjatlar hamda mazkur reglament bilan tanishtiradi.

3 .Tuman hokimligi apparatining tuzilmasi.
1. Tuman hokimligi apparatiga hokim rahbarlik qiladi. Hokim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi.
Tuman hokimi o‘rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar.
2. Tuman hokimligi apparati hokim tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan namunaviy tuzilma asosida xalq deputatlari tuman Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida shakllantiriladi.

  1. Tuman hokimligi apparatining tarkibiy bo‘linmalari.
    1. Tuman hokimligi apparati hokim o‘rinbosarlari, guruhlar, bo‘limlar singari tarkibiy bo‘linmalardan iborat bo‘ladi. Ushbu bo‘linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan tuman hokimi qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.
    Tuman hokimligi apparati:
    -sohalar va hududda o‘tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta’minlaydi;
    -hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil qiladi. YUqori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining mahalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;
    -bo‘limlar vakolatiga ta’lluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtiradi.
    2. Ijrochi qilib bir necha xodim ko‘rsatilgan taqdirda, ismi sharifi birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan mas’ul xodim ijro uchun javobgar hisoblanadi.
    3. Hokimlik apparatining bo‘lim va kompleksi rahbarlari o‘z bo‘linmalaridagi hujjatlarning o‘tishi va ijrosi haqida har oylik ma’lumotlarni tayyorlaydilar. Hokimlikning hujjatlarini nomenklaturaga asosan arxivga topshirish uchun taqdim etadilar.
    4. Tuman hokimligi apparati bo‘linmalari faoliyatiga tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va hujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
  2. Tuman hokimligi apparati ishini rejalashtirish.
    1. Tuman hokimligi apparati faoliyati hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning istiqbolga va bir yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlari asosida tuziladigan bir yillik ish yunalishlari, choraklik va oylik ish rejalari hamda tuman hokimi qarori bilan tasdiqlanadigan asosiy tadbirlar jadvaliga muvofiq olib boriladi.
    2. Tuman hokimligi ish rejasida quyidagi masalalar ko‘zda tutiladi:
    -O‘zbekistan Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qaror va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazoratini amalga oshirish;
    -Davlat dasturlari hamda tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan maqsadli dasturlar ijrosini tashkil etish;
    -tumanda iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish;
    -tuman hokimligi huzuridagi komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish va majlislarini o‘tkazish;
    -tuman hokimlik soati majlislarini o‘tkazish;
    -nazorat va ijro;
    -fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash;
    -kadrlar bilan ishlash (rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash va ehtiyoj asosida mutaxassis kadrlar tayyorlash);
    3. Tuman hokimi o‘rinbosarlari va hokimlik apparati bo‘linmalari o‘z ish faoliyatlarini tegishli soha bo‘yicha tuzilgan, tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan yarim yillik asosiy ish yo‘nalishlari hamda choraklik va oylik ish rejalari asosida tashkil etadilar.
    4. Asosiy ish yo‘nalishlari va tadbirlar jadvalidan kelib chiqib, choraklik ish rejasiga kiritiladigan asosiy masalalar ro‘yxatini nazarda tutgan holda hokim o‘rinbosarlari o‘z majmualari bo‘yicha choraklik ish rejalarini tuzadilar. SHuningdek, har bir bo‘limlar ham o‘z ish faoliyatlarini oylik yoki choraklik ish rejalari asosida amalga oshiradilar.
    5. Hokim o‘rinbosarlari hamda hokimlik apparati bo‘linmalarining ish rejalaridan kelib chiqib, umumiy bo‘lim tomonidan tumanda bir oylik asosiy tadbirlar dasturi tuziladi va u tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
    Bo‘lim boshliqlari, bosh mutaxassislarning oylik ish rejalari buysunuvi asosida hokim va hokim o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi. Mutaxassislarning ish rejalari tegishli bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
    6. Ish rejalarining bajarilishi monitoringi oyning yakunida tashkiliy-nazorat guruhi va umumiy bo‘lim tomonidan o‘tkazilib, tuman hokimligi apparati yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladi.
  3. Tuman hokimligida asosiy yig‘ilishlar va tadbirlarni o‘tkazish tartibi.

Tuman hokimi rahbarligida quyidagi asosiy yig‘ilish va tadbirlar tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.

  1. Tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va islohotlarning borishini baholashga bag‘ishlangan, har bir chorak va yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tuman faollari yig‘ilishi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarning tezkor muhokamasiga bag‘ishlangan, har oyning oxirgi seshanba kunida o‘tkaziladigan hokimlik soati yig‘ilishi.
  2. Har oyning uchinchi juma kuni o‘tkaziladigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash yig‘ilishi.
  3. Har chorakda o‘tkaziladigan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasining yig‘ilishi.
  4. Har chorakda o‘tkaziladigan korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirish, iqtisodiy nochor, past rentabelli korxonalarni aniqlash va ularni sog‘lomlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish yoki tugatish asosida samarali raqobatga qodir bo‘lgan ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli tuman tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash yig‘ilishlari.
  5. Har chorakda o‘tkaziladigan «Ma’naviyat va ma’rifat» Kengashi yig‘ilishi.
  6. Har oyning birinchi juma kuni «Ma’naviyat va ma’rifat kuni» tadbirlari.
  7. Har chorakda o‘tkaziladigan toponomik ob’ektlarga nom berish tuman komissiyasi yig‘ilishi.
  8. Har oyning birinchi, ikkinchi va uchinchi seshanba kunlari hokimlik apparati yig‘ilishi.
  9. Tuman hokimining yil yakunlari bo‘yicha mehnat jamoalarida va har oyda mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarida uchrashuvlari o‘tkaziladi. Hokim tomonidan har juma kuni fuqarolar qabul qilinadi.
  10. Hokim o‘rinbosarlari, majmua rahbarlari o‘z sohalari bo‘yicha yig‘ilishlarni va o‘zlari rahbarlik qilayotgan komissiya va ishchi guruhlar yig‘ilishlarini yuqoridagilardan kelib chiqib rejalashtiradilar.
  11. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan maqsadli dasturlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlar har oy yakunlari bo‘yicha o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazadilar.

Ushbu yig‘ilishlar soat 7.00 dan keyin o‘tkaziladi.

  1. Asosiy tadbirlar, kengashlar va ishchi guruhlarning yig‘ilishlari unga rahbarlik qiluvchi tomonidan hududlarda sayyor tarzda o‘tkazilishi ham mumkin.
  2. Asosiy tadbirlarni tayyorlash ishlari tuman hokimligining tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi va muvofiqlashtirish ishlari umumiy bo‘lim va hokim yordamchisi zimmalariga yuklatiladi. Sayyor tadbirlarni tayyorlash uchun mas’uliyat tegishli bo‘linma va hudud rahbari zimmasiga yuklatiladi.
  3. Tuman hokimligiga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari bilan ishlash.
  4. Hokimlikka kelgan Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror hamda farmoyishlari umumiy bo‘lim tomonidan ro‘yxatga olingandan so‘ng 30 daqiqa mobaynida tuman hokimi, u bo‘lmagan hollarda hokim tomonidan vakolat berilgan o‘rinbosarga tanishish hamda ko‘rsatma (rezolyusiya) qo‘yish uchun kiritiladi.
  5. Tuman hokimining ko‘rsatmasiga binoan ushbu hujjatlar 30 daqiqa mobaynida umumiy bo‘lim yoki hokim yordamchisi orqali ijrochiga etkaziladi.
  6. Tegishli majmua o‘zining bo‘linmalari bilan birgalikda qaror va farmoyishda boshka muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ikki kunlik muddat ichida hujjatning ijrosini ta’minlash maqsadida hokim qarori yoki bir kunlik muddatda farmoyish loyihasini tayyorlab, belgilangan tartibda tegishli mas’ullarning vizalari to‘plangandan so‘ng umumiy bo‘limga taqdim etadi. Hujjat loyihasi hokim yordamchisi orqali tuman hokimiga imzo uchun kiritiladi.
  7. Hokimlik apparati xizmatida foydalanadigan hujjatlar bilan ishlash.
    Tuman hokimligi apparatida hujjatlar bilan ishlash ushbu reglament asosida olib boriladi.
  8. Tuman hokimligi apparatiga keladigan barcha hujjatlarni umumiy bo‘lim qabul qilib oladi va ularni kompyuter dasturida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Kelgan hujjatlarga tuman hokimligida qabul qilingan yil, kun, oy hamda tartib raqami yoziladi. Umumiy bo‘lim hujjatlarni tushgan kuniyoq, ularning mohiyati va mazmuniga ko‘ra tuman hokimiga, uning o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim rahbarlariga tanishish hamda ko‘rsatma berish uchun 30 daqiqalik muhlatda taqdim etadi.
  9. Hokim topshiriqlari bo‘lgan hujjatlarga nazorat kartochkasi to‘ldiriladi va nazoratga olingandan keyin tegishli idoralarga yoki mansabdor shaxslarga umumiy bo‘lim orqali ijro etish uchun yuboriladi. Bo‘linmalar tomonidan qabul qilingan hujjatlar ham umumiy bo‘limdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
  10. Tuman hokimligiga kelib tushadigan barcha maxfiy bo‘lmagan xat-xabarlar umumiy bo‘lim tomonidan, ishdan tashqari vaqtlarda esa mas’ul navbatchi yoki hokim yordamchisi tomonidan qabul qilib olinadi, ular navbatchilikdan so‘ng xat-xabarlarni umumiy bo‘limga topshirishga majburdirlar. Xat-xabarlarni bevosita bo‘limlarda qabul qilib olishga ruxsat etilmaydi
  11. Kadrlar masalalari bo‘yicha kelgan hujjatlar tashkiliy-nazorat guruhida ro‘yxatga olinadi va ushbu hujjatlar bilan «Tuman hokimligida kadrlar bilan ishlash tartibi» asosida ish olib boriladi.
  12. Hujjatlarni hokimlik apparati xodimlari o‘rtasida bir-biriga o‘tkazish umumiy bo‘lim orqali amalga oshiriladi. Tuman hokimligi apparatida hujjatlar aylanishini ta’minlash, ularning tezkorligiga erishish xokimlikda o‘rnatilgan kompyuter lokal tarmog‘i tizimi orqali amalga oshiriladi.
  13. YUqori organlardan kelgan hujjatlarga ijro etish uchun yuborilishidan oldin «Qaytarilishi lozim» belgisi qo‘yiladi. Qaytarilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ijro etilgach, saqlash uchun ijrochi tomonidan umumiy bo‘limga topshiriladi. Nazorat kartochkalarida hamda kompyuter dasturida mavjud bo‘lgan varaqaga ijrochi tomonidan bajarilgan ishlar qayd etiladi, qaytarilmaydigan hujjatlar esa yig‘ma jildlar ro‘yxatiga muvofiq guruh va bo‘limlarda saqlanadi hamda ikki yil muddat o‘tgandan so‘ng arxivga topshiriladi.
  14. YUqori tashkilotlardan kelgan huquqiy kuchga ega bo‘lgan barcha me’yoriy hujjatlar va Qonun loyihalari tanishish uchun tegishli xodimlar bilan bir qatorda huquqshunosga kiritiladi. Kelgusida bu hujjatlarga yuqori tashkilotlar tomonidan kiritiladigan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar huquqshunos tomonidan o‘z vaqtida belgilanib boriladi.
  15. Hokimlik apparatidan chiqadigan hujjatlar ijrochilarning vizalari hamda rahbariyatning imzosidan so‘ng, tegishli ijrochilarga jo‘natilishi qayd etilgan buyurtma (reestr) bilan birga soat 16 00 ga qadar umumiy bo‘limga topshiriladi. (tegishli hokim o‘rinbosari, guruh, rahbari va bo‘lim mudiri imzosi bilan).
  16. Boshqaruv lavozimlariga nomzodlar tavsiya etish bo‘yicha tuman hokimligidan chiqadigan xatlar tashkiliy-nazorat guruhida alohida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va nusxasi guruh rahbarida saqlanadi.
  17. Hujjatlardan nusxa olish faqatgina tuman hokimining yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Tuman hokimligi faoliyatiga tegishli bo‘lmagan hujjatlardan nusxa olib ko‘paytirish qat’iyan ta’qiqlanadi.
  18. Axborot va ma’lumotnoma tusidagi yozma axborotlar, ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar ijro etuvchilar tomonidan vizalanadi va tegishli xizmatlar tomonidan imzolanadi. YUqori tashkilotlarga yuboriladigan xizmat xatlari hokim o‘rinbosarlari tomonidan uning nusxa varag‘ining pastki qismida o‘ng tomonidan vizalanadi va hokimning imzosi qo‘yiladi. Hujjatlarning to‘g‘riligi uchun mas’uliyat umumiy bo‘lim mudiri zimmasiga yuklanadi.
  19. Hokimlik apparati umumiy bo‘lim mudiri xokimlikning muhr, tamg‘a va blankalarning saqlanishi hamda ulardan foydalanish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi, ushbu anjomlar maxsus ajratilgan xonada belgilangan tartibda saqlanadi.
  20. Umumiy bo‘lim mudiri xizmat hujjatlarining belgilangan tartibdagi harakatini ta’minlaydi, hokimlik apparatida hujjatlar bilan ishlashning holatini har oyda tahlil etadi va tuman hokimiga axborot beradi.
  21. Yo‘riqnomaga asosan maxfiy hujjatlar ish yuritishini mustaqil olib boradi va xizmat doirasida foydalanish uchun hamda hukumat telegrammalarini rasmiylashtirish, ijrosini taminlash, ijrochilarga to‘g‘ri va belgilangan tartib asosida etkazish hamda saqlanishi uchun shaxsan javobgardir.
  22. Lavozmlar nomenklaturasiga asosan tuman hokimligi mas’ul xodimlarini hamda tuman hokimligi xodimiga maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi va 26 shaklni MXX bo‘limi orqali rasmiylashtiradi.
  23. Tuman hokimining qaror va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash. rasmiylashtirish va tarqatish
  24. a) Qaror va farmoyish loyixalapining tayryolanishini tashkil etish.

Tuman hokimining qaror va farmoyishlari hokim tomonidan, u bo‘lmagan hollarda imzo qo‘yish vakolatiga ega bo‘lgan hokimning birinchi o‘rinbosari yoki hokim belgilagan o‘rinbosar tomonidan imzolanadi.

Qaror va farmoyish loyihalari, tuman hokimligi bosh mutaxassislari, apparatning bo‘lim va guruhlari tomonidan bir nusxada tayyorlanadi.

  1. b) Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga doir qaror va farmoyishlari loyihalarini tayyorlashga tegishli tarmoqlar va boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan idoralar jalb etiladi.
  2. v) Normativ xususiyatiga ega bo‘lgan qaror loyihasini tayyorlash uchun qoida tariqasida komissiya tuzilishi hamda loyihani tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin.

Qaror va farmoyish loyihasida mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda muhokama qilinadigan masalalarga to‘liq baho berilishi, amaldagi qonunchilikka mos bo‘lishi, chuqur tahlil qilinib, ahvol ob’ektiv ravishda talqin qilinmog‘i lozim. Takliflarda muammoni hal qilish bo‘yicha aniq masalalar va tadbirlar davlat tilida bayon etilishi, ijrochilar tomonidan bajarilishini, shuningdek, qaror va farmoyishlarni to‘liq ijro etilshining aniq muddatlari va nazoratga oluvchi shaxsga ko‘rsatilmog‘i zarur.

  1. g) Qaror va farmoyishlar loyihalari, uni tayyorlovchi bosh mutaxassis, tegishli hokim o‘rinbosarlari, mazkur hujjatni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkilotlar rahbarlari, huquqshunos tomonidan vizalanishi lozim. Qaror va farmoyishga ilovalar, uni tayyorlovchi xodim tomonidan imzolanadi, tegishliligiga qarab tuman hokimi o‘rinbosari vizasi olinadi. Qaror va farmoyish loyihasiga vizalar hujjatning oxirgi betida o‘ng tomonida mavzudan bo‘sh joyda qo‘yilib, familiyasi, lavozimi va imzo chekkan vaqti ko‘rsatilishi lozim. Qaror, farmoyish loyihasi yoki uning alohida bandlari to‘g‘risida boshqacha fikrlar bo‘lsa, ularni asoslovchi ma’lumotnoma taqdim qilinadi. Qaror va farmoyish loyihasiga ushbu hujjatni tarqatish varaqasi tegishli hokim o‘rinbosari imzosi bilan ilova qilinadi. Barcha vizalar qo‘yilgan qaror yoki farmoyish loyihasi umumiy bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin hokim yordamchisi orqali tuman hokimiga imzo uchun kiritiladi.

e). Loyihada huquqiy aktlarni qabul qilinishi uchun asos bo‘ladigan barcha me’yoriy va tegishli-hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi lozim.

Huquqshunos hujjatlarni atroflicha tahlil qilgach, huquqiy baho bergan holda o‘z vizasini qo‘yadi yoki qayta ishlash uchun yuboriladi.

j). Xalq deputatalari tuman Kengashida tasdiqlanishi nazarda tutilgan tuman hokimi qarorlari loyihalarini tayyorlash Kengashning tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

8.Tuman hokimining qaror va farmoishlari loyixalarining ekspertizasi.

  1. Tuman hokimining normativ xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha sifatiga baho berish uchun hujjat boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya va o‘zga) ekspertizadan ham o‘tkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi.
  2. Tuman hokimining qaror va farmoyishlari mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar qaror va farmoyishlar loyihalari matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  3. Hujjat loyihasida uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari va nazorat qilish chora-tadbirlari ko‘rsatilishi mumkin.
  4. Qaror va farmoyish loyihalarida ko‘rsatmalar tartib raqamga ega bo‘lgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
  5. YAngi qaror qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari shu masala bo‘yicha qabul kilingan qarorlarga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritiladi.
  6. Tuman hokimining qaror va farmoyishlari rekvizitlari.

Qaror va farmoyishlar quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi:

-hujjatning turi va nomi (qaror yoki farmoyish);

-hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami;

-hujjatni imzo qo‘yib tasdiqlashga rasman vakolati bo‘lgan shaxsning-tuman hokimining familiyasi, lavozimi va imzosi

7.Tuman hokimining qaror va farmoyishlarini rasmiylashtirish.

Tuman hokimi tomonidan imzolangan qaror va farmoyishlarni umumiy bo‘lim mudiri hokim yordamchisidan qabul kilib oladi. Bo‘limning bosh mutaxassisi imzolangan qarorlarga sana qo‘yadi va ro‘yxatga oladi. Qaror va farmoyishlar, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

  1. Ro‘yxatga olingan qaror va farmoyishlarga ularning bajarilishini ta’minlash yuzasidan guruh va bo‘limlar tomonidan 3 kunlik muddatda nazorat rejasi tuziladi va hokim tomonidan tasdiqlanadi.
  2. Tuman hokimining qaror va farioyishlarini tarqatish

Rasmiylashtirilgan qaror va farmoyishlar tegishli hokim o‘rinbosari, bo‘lim yoki guruh rahbarining imzosi bilan tayyorlangan tarqatish varaqasi bilan birgalikda umumiy bo‘lim mudiri tomonidan qabul kilib olinadi va ko‘paytirish uchuy topshiriq beriladi.

  1. Intizomiy jazo chorasi qo‘llash to‘g‘risidagi qaror va farmoyishlar nusxasi umumiy bo‘lim tomonidan tashkiliy-nazorat guruhiga beriladi, guruh tomonidan bunday qaror va farmoyishlar kadrlarning yig‘ma jildiga tikib boriladi va umumlashtiriladi.
  2. Tuman hokimining qaror va farmoyishlari «Uchquduq» gazetasida e’lon qilinishi, televidenie va radio orqali eshittirilishi mumkin. Hujjat rasman e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi.
  3. Fuqarorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda fuqarolarni qabul qilish
  4. Tuman hokimligi apparatida fuqarolarning og‘zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”ti Qonuni hamda tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangan» Uchquduq tuman hokimligida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi" asosida amalga oshiriladi.
  5. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas’uliyat tuman hokimi o‘rinbosarlari, umumiy bo‘lim, guruh rahbarlari va bosh mutaxassislar zimmasiga yuklanadi.
  6. Tuman hokimligida fuqarolar tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparatining bo‘lim va guruh rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul kilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish tuman hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e’tiboriga etkaziladi.
  7. Tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar hududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.
  8. Har bir fuqaroning qabulidan so‘ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, aniq istiqomat joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo‘yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qabulda ko‘tarilgan muammoni hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo‘linmasi va umumiy bo‘lim rahbarlari tomonidan nazorat qilinadi.
  9. Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas’uliyat tuman hokimi yordamchisi zimmasiga yuklatiladi.
  10. Tuman hokimi nomiga kelgan ariza, taklif va shikoyatlar umumiy bo‘limning bosh mutaxassisi tomonidan ro‘yxatga olinadi hokim yordamchisi orqali tuman hokimiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
  11. Tuman hokimi tomonidan murojaatni o‘rganish bo‘yicha berilgan topshiriq umumiy bo‘lim tomonidan tegishli ijrochilarga etkaziladi va uning bajarilishi nazoratga olinadi.
  12. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib chiqish uchun tuman hokimi yoki ushbu murojaat ko‘rib chiqish uchun yuborilgan hokim o‘rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.
  13. Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.
  14. Ariza va shikoyatlar tuman hokimligiga tushgan kunidan e’tiboran bir oygacha bulgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
  15. Ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa zarur-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati tuman hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi. Tuman hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha o‘sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko‘rib chiqilishi natijalari to‘g‘risida murojaat mualiflariga yozma xabar berilishi ham mumkin.
  16. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
  17. Fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalarni hal etish tuman hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqarolarga xabar qilinadi.
  18. Umumiy bo‘lim har oy yakunlari bo‘yicha tuman hokimligiga Fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo‘yicha tahlil qiladi. Tahliliy hujjatlar tuman hokimligi soati va apparat yig‘ilishlari muhokamasiga kiritiladi.
  19. Mukofotlash bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash tartibi.
  20. Mukofatlash bo‘yicha hujjatlarning tayyorlash tartibi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
  21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga nomzodlarni tavsiya etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-mukofotga tavsiya etilayotgan shaxsning pasporti nusxasi, uning mehnat faoliyati to‘g‘risida varaqa (2 dona 4x6 o‘lchamidagi fotosurat bilan), jamoat tashkiloti, mehnat jamoasining yig‘ilishi bayonnomasi, korxona rahbariyati tomonidan berilgan tasvifnoma hamda tasdiqlangan shakldagi mukofot varaqasi belgilangan tartibda va talab darajasida to‘ldirib, mukofot topshirilishi lozim bo‘lgan muddatdan uch oy ilgari viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhiga taqdim etiladi;

-mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar tuman hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqiladi va xulosalar viloyat hokimiga takdim etiladi.

  1. Mukofotga taqdim etilgan nomzodlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar hokimlik tizimida joriy «Mukofot» kompyuter dasturiga kiritiladi.
  2. Tuman hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar ro‘yxatini yuritadi.
  3. Tuman hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlash uchun korxona, tashkilot, muassasa yoki jamoat tashkilotlari tomonidan tuman hokimiga takdimnoma kiritilib, ushbu takdimnomaga Faxriy yorliq bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodga berilgan, korxona rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan imzolangan tavsifnoma ilova qilinadi. Tuman hokimligi apparatining tegishli bo‘lim yoki guruhi tomonidan taqdim etilgan shaxsning xizmatlari o‘rganib chiqilgandan so‘ng tuman hokimining qarori loyihasi hamda tasdiqlangan shakldagi Faxriy yorliq tayyorlanadi va imzolashga kiritiladi.
  4. Tuman hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi Davlat mukofotlari, viloyat hokimligi Faxriy yorlig‘i hamda tuman hokimligi faxriy yorlig‘i bilan takdirlanganlar hisobini yuritadi.
  5. Hokimlik apparatida hujjatlarning saqlanishini ta’minlash.
    1. Hokimlik apparati hujjatlari yig‘ma jildlari nomenklaturasi umumiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi va hokim tomonidan tasdiqlanadi.
    2. Hujjatlar yig‘ma jildlari nomenklaturasi hokimlik apparatining vazifasi va tuzilmasi tubdan o‘zgargan taqdirda, ammo besh yilda kamida bir marta qayta tuzilish va qayta tasdiqlanishi lozim.
    3. Hujjatlar yig‘ma jildlarni nomenklaturasiga hokimlik faoliyatini aks ettiruvchi barcha hujjatlar yig‘ma jildlari, ma’lumotnoma, shaxsiy hujjatlar, doimiy va vqaktinchalik koissiyalar hujjatlari hamda jamoat tashkilotlarining hujjatlari yig‘ma jildlari kiradi.
    4. Hujjatlar yig‘ma jildlarini shakllantirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya kilinishi shart:
    -yig‘ma jildga faqat bajarilgan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni solish;
    -bitta masalani xal etishga doir barcha hujjatlarni bitga yig‘ma jildga solish;
    -ilovalarni asosiy hujjatlar bilan joylashtirish; (yig‘ma jildda bir kalendar yil hujjatlarini ko‘rikdan keyingi yilga o‘tadigan yig‘ma jildlar bundan mustasno)
    -saqlash muddatlari doimiy va vaqtincha bo‘lgan hujjatlarni yig‘ma jildda alohida guruhlash.
    5. Yig‘ma jildda qaytarilishi lozim bo‘lgan hujjatlar, hujjatlarning ortiqcha bo‘lgan nusxalari, qo‘lyozmalar to‘planmasligi lozim.
    6. Tuman hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhida tuman hokimligi tasarrufiga kiritilgan lavozimlardagi tadbirlarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlari shakllantiriladi va saqlanadi.
    7. Tuman hokimi qarori bilan tasdiqlangan jildlarda jamlanadigan ro‘yxat asosida ish olib boriladi.
    8. Kadrlarning yig‘ma jildlaridagi hujjatlari bilan tanishish tuman hokimi yoki tashkiliy-nazorat guruhi rahbari ruxsati bilan amalga oshiriladi. Yig‘ma jidlardagi hujjatlar zaruratga karab «Kadr-4» kompyuter dasturiga ham kiritiladi.
    9. Tugallangan hujjatlar yig‘ma jildlari ikki yil mobaynida xizmatda foydalanish uchun apparatning bo‘limlarida saqlanadi.
    10. Saqlanadigan yig‘ma jildlar arxivga ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi. Hokimlik arxiviga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar yig‘ma jildlari tartibga solinishi davlat arxivi xodimlari tomonidan hokimlik bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
    11. Xodim ishdan bo‘shagan yoki boshqa ishga o‘tganda uning mehnat faoliyatiga tegishli barcha hujjatlar yig‘ma jildlari tarkibiy bo‘linma rahbari yoki lavozimiga tayinlangan xodimga dalolatnoma asosida umumiy bo‘lim mas’ul xodimi ishtirokida topshiriladi.
    12. Ma’ul xodim ishdan bushagandan ilgari olingan barcha me’yoriy hujjatlarni (ish tartibi, ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqalari) umumiy bo‘limga topshirilishi shart.
    13. Umumiy bo‘limda tuman hokimligiga kelgan barcha hujjatlar saqlanadi.
  6. Korporativ kompyuter tarmog‘i va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.
    14. Tuman hokimligida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida»gi PQ-117 sonli Qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
    15. Tuman hokimligining ichki va tashqi hujjat almashinuvida elektron shaklda almashiniladigan hujjatlarning ulushi barqaror o‘sib boradi.
    16. Almashiniladigan elektron hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanganda, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan to‘la huquqiy kuchga ega buladi.
    17. Hokimlik apparatida barcha mas’ul xodimlariga zamonaviy kompyuter va boshqa zarur jihozlar biriktiriladi. Mas’ul xodim o‘ziga biriktirilgan asosiy vositalardan to‘g‘ri foydalanilishi va ularning saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
    18. Tuman hokimligining barcha mas’ul xodimlariga internet tarmog‘i, korporativ kompyuter tarmog‘i, ichki va tashqi elektron pochta xizmati hamda kompyuter markazining malakali texnik xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratib beriladi.
    19. Tuman hokimligida barcha mas’ul xodimlar uchun tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida doimiy ravishdagi «Kompyuter savodxonligi» o‘quvlari o‘tkazib boriladi.
    20. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ma’lumotlar maxsus kompyuter dasturlari va korporativ kompyuter tarmog‘i vositasida tuman hokimligi serverida to‘planadi, tahlil qilinadi va ular asosida tegishli chora tadbirlar belgilanadi.
    21. Tuman hokimligi tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar elektron ko‘rinishda maxsus «Hujjatlar banki» dasturida umumiy bo‘lim tomonidan to‘plab boriladi. Hujjatni imzoga kiritgan mas’ul xodim imzolangan hujjatning elektron nusxasini «Hujjatlar banki» dasturiga kiritish uchun umumiy bo‘limga taqdim etish shart.
    22. Kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi tashkiliy-nazorat guruhi kompyuterida saqlanadi va tanishish uchun asos bo‘lgan taqdirda tuman hokimi roziligi bilan kompyuterga kirishga ruxsat beriladi.
    23. Mas’ul xodimning e’tiborsizligi yoki boshqa aybi bilan unga biriktirilgan kompyuter texnikasiga jiddiy zarar etkazilganda, etkazilgan zarar mas’ul xodimning hisobidan qoplanadi.
  7. Tuman hokimligi tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, viloyat hokimi va tuman hokimining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvar 12 son qarorida belgilangan tartibda xamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 avgustdagi 13 5-4 sonli Tartibi asosida amalga oshiriladi.
    2. Tuman hokimligi apparatida ijrosi nazoratga olinadigan hujjatlar:
    O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Farmonlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bayonnomalari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni topshiriqlari (yozma va og‘zaki);
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari qarorlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslaxatchilarining topshiriqlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari bayoni, topshiriqlari;
    Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari qarorlari;
    Viloyat va tuman hokimi qaror va farmoyishlari;
    Tuman faollar yig‘ilishlari, hokimlik soatlari yig‘ilishlari va hokim rahbarligida o‘tkaziladigan majlislar bayonnomalari;
    Tuman hokimi topshiriklari (yozma yoki og‘zaki)
    Tuman hokimi o‘rinbosarlarining topshiriqlari;
    Apparat yig‘ilishlari bayonnomalari:
    Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomada belgilanadigan boshqa hujjatlar;
    3. Hujjatlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlari bajarilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tuman hokimligi apparati, korxonalar rahbarlari, tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi.
    4. Ijrosi ta’minlanishi shart bo‘lgan har bir huquqiy hujjatning nazorati, tegishli bo‘lim yoki guruhlar tomonidan alohida yig‘ma jildda olib boriladi. Ushbu yig‘ma jildda:
    -hujjatlarning bajarilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
    -tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek, uzoq davrga mo‘ljallangan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish;
    -tasdiqlangan muddatlarda tegishli tarkibiy bo‘linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    -bajarilishini tuman hokimligi bo‘lim va guruhlarida, bevosita korxona va tashkilotlarda maqsadli o‘rganish hamda tuman hokimligi yig‘ilishlariga muhokama qilish uchun kiritish;
    -tuman hokimligi, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning aytib o‘tilgan hujjatlarni ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan o‘z qarorlarining bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar jamlanadi.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Vazirlar Mahkamasining, viloyat va tuman hokimining qaror va farmoyishlarida qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgarlik choralari ko‘riladi.
    6. Nazoratga olingan hujjatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi yakuniy axborot nazoratdan chiqarish yoki muddatini uzaytirish taklifi bilan tuman hokimiga imzo uchun kiritiladi.
    7. Nazoratga olingan qaror va farmoyishlarni nazoratdan chiqarish tegishli qaror va farmoyish bilan amalga oshiriladi.
    8. Nazoratga olingan hujjatlarning ijro muddatlari va bajarilishi to‘g‘risida umumiy bo‘lim har oy tahliliy ma’lumot tayyorlab, tuman hokimiga taqdim etadi.
    9. Maxfiy hujjatlar bo‘yicha ish yuritish va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash huquqshunos tomonidan amalga oshiriladi.
    10. Nazoratdan chiqarilgan hujjatlarning yig‘ma jildi umumiy bo‘limga topshiriladi.
  8. Xalq deputalari tuman Kengashi sessiyalarini tayyorlash va o‘tkazish.
    1. Tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyalari ish-rejasiga binoan, yilida kamida 4 marta hokim tomonidan chaqiriladi.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash bo‘yicha viloyat va tuman Kengashlarining qo‘shma majlisi Markaziy saylov komissisining qarori bilan chaqiriladi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risida Nizom» asosida o‘tkaziladi.
    3. Sessiyani chaqirish to‘g‘risidagi qarorda deputatlar sessiya ochilishidan kamida 7 kun oldin xabardor qilinadi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari kamida 3 dan 2 qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengashning faoliyati o‘zining ish tartibiga muvofiq tashkil etiladi.
    4. Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari tuman Kengashi tomonidan tuziladi. Ularning faoliyati tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
    5. Sessiya hujjatlari belgilangan kun tartibiga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va sessiyani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi yordamida tayyorlanadi. Barcha hujjatlar sessiyadan 5 kun oldin Kengash raisi, tuman hokimiga takdim kilinishi shart.
    6. Tashkiliy-nazorat guruhi Kengashning doimiy komissiyalari bilan birgalikda sessiyani tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi, qatnashchilar tarkibini aniqlaydi va ro‘yxatini tuzadi.
    7. Barcha tadbirlar tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi va ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi.
    8. Xalq deputatlari tuman Kengashining har bir sessiyasida bayonnoma yuritiladi. Bayonnoma sessiya kotibi hamda Kengash raisi tomonidan imzolangandan so‘ng tashkiliy-nazorat guruhida saqlanadi, so‘ngra esa doimiy saqlash uchun arxivga topshiriladi.
    10. Kengash qarorlari 10 kunlik muddatdan kechiktirilmay doimiy komissiyalarga, hokimlik bo‘linmalariga, davlat boshqaruvi organlariga tarqatiladi.
    11. Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarini ijro etilishi yuzasidan nazorat tegishli doimiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi va uning natijalari xususida keyingi sessiyada axborot berib boriladi.
  9. Tuman faollar yig‘ilishlarini o‘tkazish tartibi.
    1. Faollar yig‘ilishi tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga taalluqli turli masalalar bo‘yicha tuman hokimligining ish-rejasiga asosan hamda tuman hokimi yoki uning o‘rinbosarlari taklifiga binoan yoki viloyat hokimligi topshirig‘i asosida o‘tkaziladi.
    2. Faollar yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
    3. Tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning chorak va yil yakunlari bo‘yicha faollar yig‘ilishlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari majmui tomonidan hokimlik apparatining tegishli mutaxassislari jalb etilgan holda tayyorlanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari majmui yig‘ilishni o‘tkazish va tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi, qatnashchilar miqdorini aniqlaydi va boshqa tegishli hujjatlarni (kun tartibi, tahliliy hujjatlar, bayon loyixalari) tayyorlaydi.
    4. Tuman ijtimoiy-siyosiy hayotining boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan faollar yig‘ilishlari tegishli hokim o‘rinbosarlari tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi bilan hamkorlikda tayyorlanadi va barcha hujjatlar 5 kun oldin tuman hokimiga taqdim qilinadi.
    5. Faollar yig‘ilishi bayoni iqtisod bo‘limi tomonidan tayyorlanadi va tuman hokimi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng rasmiylashtirish uchun umumiy bo‘limga topshiriladi. Umumiy bo‘lim bayonni ro‘yxatga oladi, unga tartib raqami beradi. Yig‘ilish bayonining nazorat-rejasi tuzilib, hokim tomonidan tasdiqlanadi.
    6. Faollar yig‘ilish bayonining ijrosi bo‘yicha monitoring tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan olib boriladi.
    7. Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi faollar yig‘ilishi o‘tkazilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilishini ta’minlaydi.
  10. Tuman hokimlik soati yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish
    1. Tumanning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy hayotidagi muhim va dolzarb masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni tezlik bilan hal qilish, keyingi oydagi vazifalarni belgilash maqsadida tuman hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga tuman hokimi raislik qiladi. Hokim soati har oyning oxirgi haftasida o‘tkaziladi.
    2. Hokim soati yig‘ilishiga quyidagi masalalar qoida tariqasida kiritiladi:
    -tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oylik yakunlari va kelgusi
    oydagi vazifalar;
    -O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va hukumat qarorlari ijrosining holati;
    -tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarning borishi;
    -fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning oylik tahlili;
    -nazorat va ijroning xolati;
    -kadrlar masalalari;
    -dolzarb masalalar;
    3. Hokim soati yig‘ilishi kun tartibi yig‘ilish o‘tkazilishidan 10 kun oldin umumiy bo‘lim mudiri tomonidan tayyorlanib ijrochilarga etkaziladi.
    4. Hokim soati yig‘ilishlariga masalalarni tayyorlash tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman hokimligi apparati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlash uchun tuman hokimi tomonidan komissiyalar tashkil etilishi mumkin. Hokim soati yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha hujjatlar yig‘ilishdan 5 kun oldin tuman hokimiga taqdim etiladi.
    5. Hokim soati yig‘ilishi ishtirokchilari hokim tomonidan belgilanadi. Qo‘shimcha taklif qilinadiganlar ro‘yxati 5 kun oldin bo‘lim va guruhlar tomonidan umumiy bo‘limga taqdim qilinadi.
    6. Hokim soati yig‘ilishiga sohalar bo‘yicha ishtirokchilarni taklif qilish hokim yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.
    7. Yig‘ilishni tashkiliy texnik tomonidan ta’minlash tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
    8. Yig‘ilish bayoni umumiy bo‘lim mudiri tomonidan rasmiylashtiriladi, 1 kunlik muddatda imzolash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Tasdiqlangan bayon 2 kunlik muddatda barcha ijrochilarga etkaziladi.
    9. Yig‘ilish bayonlari ijrosining nazorati umumiy bo‘lim tomonidan amalga oshiriladi. Umumiy bo‘lim mudiri navbatdagi hokim soatida oldingi yig‘ilishda berilgai topshiriklarning ijrosi to‘g‘risida axborot kiritadi.
  11. Tuman hokimligi apparat yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish
    1. Tuman hokimligi apparati yig‘ilishi tuman hokimi tomonidan har oyda uch marotaba o‘tkaziladi. Yig‘ilishda apparatning 20 kunlik faoliyatiga yakun yasaladi va kelgusi vazifalar belgilanadi.
    2. Apparat yig‘ilishi kun tartibi tasdiqlangan ish rejaga asosan belgilanadi. Yig‘ilishda qoida tariqasida quyidagi masalalar muhokama etiladi:
    -ish rejalarda belgilangan tadbirlarning ijrosi;
    -ijro intizomining ahvoli;
    -fuqarolarning murojaati bilan ishlashning holati-kadrlar bilan ishlashning holati;
    3. Apparat yig‘ilishida hokimlik tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, majlislar, qabul qilinadigan qarorlar, yig‘ilish bayonlari va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash, qabul qilingan qarorlar va berilgan topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Hokim o‘rinbosarlari va mutaxassislarining hisobotlari eshitiladi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
    4. Apparat yig‘ilishining bayoni umumiy bo‘lim tomonidan yuritiladi va yig‘ilishdan so‘ng 1 kunlik muddatda imzolash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Bayon hokim tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 1 kunlik muddatda tuman hokimlik apparatining barcha tarkibiy bo‘linmalariga etkaziladi.
    5. Apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar umumiy bo‘lim tomonidan nazorat qilinadi va monitoringi yuritiladi. Ijrosi to‘g‘risidagi axborot kelgusi apparat yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladi.
  12. Tuman hokimligi huzuridagi komissiyalar va boshqa ishchi organlar ishini tashkil etish
    6. Tuman hokimi qaror va farmoyishlarini hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tuman hokimligi huzurida komissiyalar va boshqa ishchi organlar (Kengash, ishchi guruh) tuzilishi mumkin. Komissiyalar va boshka ishchi organlar tarkibi tuman hokimi qarori bilan tasdiqlanadi.
    7. Tuziladigan komissiyalar va boshqa ishchi organlarning huquqiy maqomi, vakolatlari va vazifalari hokim qarorida yoki ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan Nizomlarda belgilanadi.
    8. Tuman hokimligi xuzuridagi komissiyalar hamda ishchi organlarning asosiy ish shakli majlis bo‘lib hisoblanadi. Majlisda komissiyalar va ishchi organlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Majlis hujjatlari bayonlar bilan rasmiylashtiriladi va tegishli ijrochilarga etkaziladi. Ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar va ishchi organlarning majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar tomonidan imzolandi.
    9. Komissiyalar va ishchi organlar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan materiallarni tayyorlash hamda komissiyalarni tavsiyalarini bajarilishini nazorat qilish bo‘limlar va guruhlar tomonidan, ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish xo‘jalik ishlari mudiri tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganda bu materiallarni tayyorlashda tuman hokimligi apparati mutaxassislari va boshqa tegishli tashkilotlarning mutasaddi xodimlari jalb qilinishi mumkin.
  13. Tuman hokimligi qabulxonasida navbatchilikni tashkil etish.
    1. Tuman hokimi kabulxonasida 16 soatlik navbatchilik tashkil etiladi. Navbatchilik soat 7 00 dan boshlanib kech soat 11 00da tugallanadi (bayram arafasida kuchaytirilgan tartibda 24 soatlik navbatchilik tashkil etiladi).
    2. Navbatchilar ro‘yxati hokim yordamchisi tomonidan tuziladi va tuman hokimi yoki hokimning birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
    3. Bayram kunlari navbatchilik alohida tuzilgan jadval asosida hokim tasdiqlagandan so‘ng hokim o‘rinbosarlari va hokimlik apparati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday kunlarda apparat xodimlari tuman hokimi qabulxonasida hokim o‘rinbosarlari esa o‘z xizmat xonalarida bo‘lishlari lozim.
    4. Navbatchilikning keyingi kuni navbatchilik vaqtiga mutanosib ravishda belgilangan tartibda xodimlarga dam olish vaqti beriladi.
    5. Tuman hokimining ruxsatisiz jadvaldan tashqari xodimlarning navbatchilik qilishlari, navbatchilik vaqtini o‘zgartirishlari yoki boshqa xodim bilan almashtirishlari ta’qiqlanadi.
    6. Belgilangan vaqtda navbatchilikka sababsiz kelmaslik holatlari mehnat intizomini buzish sifatida baholanadi va bunday xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi.
    7. Navbatchilikni tashkil etish bo‘yicha mas’uliyat hokim yordamchisi zimmasiga yuklatiladi.