Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 04.08.2022 11:52

Nurotada 2 oyda ta‘mirlanishi aytilgan bog‘cha nega bir yilda ham ochilmayapti?

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 3 avgust kuni e’lon qilingan “Nurotada 2 oyda ta‘mirlanishi aytilgan bog‘cha nega bir yilda ham ochilmayapti? sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu qayd etilgan ma’lumotlar viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Nurota tumani hokimligi va Nurota tumani MTB rahbar va mas’ulari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Nurota tumani “Temirqovuq” MFY hududidagi 12-sonli davlat MTT binosi eski va ta’mirtalab bo‘lganligi sababli, 2018 yil Investisiya dasturi doirasida ushbu binoni o‘rniga 90 o‘rinli yangi MTT binosi qurib foydalanishga topshirilgan va hozirda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shuningdek, maqolada qayd etilgan ushbu MTTning eski binosi (50 o‘rinli) ham ehtiyoj bo‘lganligi ya’ni hududda 3-7 yoshli qamralmagan bolalar soni ko‘pligi uchun 2021 yil “Obod qishloq” dasturi doirasida yil yakunida joriy ta’mirlash ishlari boshlanib, 2022 yilning 1-choragida ta’mirlash shilari yakunlangan.
Bugungi kunda ushbu 50 o‘rinli qo‘shimcha binoda 4 ta qisqa guruhlar (3-4 soatli, uyqusiz) tashkil etilgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shu bilan birgalikda, hududdagi ota-onalar xohishidan kelib chiqib, mazkur qo‘shimcha binoda yangi 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 2 ta kuni uzaytirilgan 9 soatlik guruhlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda tuman MTB tomonidan ushbu qo‘shimcha binoga 50 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar yotoqlari (krovat), stol va stullar to‘liq olib berilgan. Qolgan zarur jihozlarni ham avgust oyi yakuniga qadar mahalliy byudjet mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan olib berish belgilangan.
Viloyat Maktabgacha talim boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga va ularda sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.