26-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan Nurota tumani hokimi A.Fayziyevning bayram tabrigi!
Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etgan holda Sizlarga, mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashdagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab qolaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka va farovonlik tilayman.
Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin!