Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 20.09.2022 17:09

Mahalladagi beshlik faoliyati tahlil qilindi

Joriy yilning 16-17-sentabr kuni viloyat ishchi guruhi tomonidan Nurota tumani 4-sektori hududida joylashgan 11 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyatini oʻrganish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Navoiy viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari S. Istamov hamda tuman hokimi A.Fayziyev raisligida mazkur mahallalarning har biriga boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilarining faoliyati tahlil qilindi.
Oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aksariyat mahalla fuqarolar yigʻinlarida mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashilganda, MFYda hamkorlik ishlari yoʻlga toʻliq yoʻlga quyilmaganligi, mahalladagi tashkil etilgan 6 ta komissiyalar faoliyatini yanada jonlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 92-sonli PQ-qarorining 5-bandida 1+10 ya’ni bir nuroniyga un yosh tamoili asosida ishlarni tashkil etish belgilangan boʻlib, bu borada mahallalarda 1 nafar nuroniylarga 10 nafargacha yashash manzili boʻyicha yaqin masofada istiqomat qiluvchi mahalladagi tarbiyasi ogʻir, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz yoshlar biriktirilgan. MFY raisilari va Yoshlar yetakchisi mahalladagi nuroniylarni koʻmagida ularni tuzalish yoʻliga kiritish, bandligini ta’minlash borasida ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kerakligi yuzasidan tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, bu boradagi ishlarni samarali tashkil qilgan “Oqmachit” MFY misolida amalga oshirilgan ishlar tushuntirib oʻtildi.