Olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar oyliqiga qoʻshimcha 2 mln soʻm har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln soʻmdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Navoiy viloyatida shifokorlarga qoʻshimcha ustama toʻlanadigan olis hududlar roʻyxati:
▪️Zarafshon shahri — Muruntov, Daugiztov mahallalari;
▪️Xatirchi — Maydon, Mirdosh, Angidon, Langar mahallalari;
▪️Uchquduq — Ko‘kpatas, Altintov, Uzunquduq, Bosdun, Mingbuloq, Avangard ovullari;
▪️Nurota — Yangiturmush, Qadoq, Sentob, Temirqovuq, Qizilcha, Suvliq, Kattasoy mahallalari;
▪️Konimex — Qarakata, Sarjal, Yangiqazg‘an, Uchtepa, Boymurod ovullari;
▪️Qiziltepa — Yangi hayot mahallasi;
▪️Tomdi — Ayaquduq, Keregetov, Koriz, Suketti, Tomdibuloq, Shiyeli ovullari.