Dastur ijrosini tashkil etish va oʻz muddatida sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha tuman hokimining 2022-yil 15-fevraldagi qarori bilan (16-5-210-Q/22 sonli) umumiy qiymati 120,7 mlrd.soʻm hamda 100 ming AQSH dollari boʻlgan 6 boʻlim, 73 banddan iborat tuman dasturi tasdiqlangan boʻlib. mutasaddi rahbarlar zimmasiga belgilangan tadbirlarning ijro holati yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda tuman hokimligiga kiritib borish, doimiy ravishda xalq deputatlari tuman Kengashi majlislarida davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini muhokama qilib borish borasida bir qator vazifalar yuklatilgan.