"Gulsafsar"
Har bir markazning so’zanalari mahalliy xususiyatga ega. Nurota ustalari orasida asosan yak mohu – chor shoh (to’rtta shoh va bitta oy) kashtalari juda mashhur. Mazkur naqshlar markazda quyosh yoki yulduzlar tasvirlarini o’zida aks etib, burchaklarida esa gullar butasi yoki guldastasi tikilgan. Ba’zan Nurota ustalari ko’rinmas joylarida bir uslubdagi qushlar, hayvonlar, insonlar yoki dkundalik hayotda foydalanuvchi buyumlar tasvirini tikishgan hamd abir so’z bilan surat deb nomlashgan. Aynan ustalar jannat bog’larini shunday tasavvur qilishgan bo’lib, zodagonlar haqiqiy bog’lari ham shunday ko’rinishda bo’lgan.
Gulsapsar islom madaniyatida qadimdan ramziy ma’noga ega bo’lgan gul hisoblangan. Chiroyli yuqoriga intiluvchi uchta bargi kosaidagi qolgan barglarining pastga bukilgani «qarama-qarshiliklar birligi» tushunchasining ramzi hisoblanadi. Ammo vaqt o’tishi bilan gulsapsar gulining tasviri o’z ramzini yo’qotadi va yerda joylashgan bog’lar chiroyini ulug’laydigan odatiy bezak butasiga aylantirilgan holda tikiladi.
"Anor daraxti"
Har bir markaz so’zanasi o’ziga xos mahalliy xususiyatlariga egadir. Nurota ustalari orasida yak mohu-chor shoh (to’rtta shoh-bitta oy) turi ayniqsa mashhur. Mazkur san’at asari quyosh yoki yulduz rasmi tushurilgan maydonni markazda tasvirlab, hoshiyalari gulli butalar yoki guldastalar bilan bezatilgan. Ba’zida Nurota ustalari ko’zga ko’rinmas joylarda qushlar, hayvonlar, odamlar yoki ro’zg’or buyumlarini bir uslubda tasvirlarini aks ettirib, umimiy so’z yordamida surat deb nomlashgan. Mana shunday tarzda ustalar jannat bog’larini tasavvur qilishgan, zodagonlarning haqiqiy bog’lari ham shu kabi ko’ringan.
O’zbek kashtado’zlarining sevimli naqshlaridan biri anor hisoblangan. Mahalliy aholi tomonidan qadim zamonlardan buyon anor hayot, to’kin-sochinlik, hosildorlik va muhabbat ramzi bo’lgan. Anor tasviri ko’plab san’at yodgorliklarida tasvirlangani guvohlik beradi, masalan, O’rta Osiyo ona ma’budasi, hayot manbai, unumdorlik xudosi, Anaxitlar ashyolari anor mevasi hisoblangan va urug’ining ko’pligi bilan ajralib turgan.
Bir ko’rinishdagi kashta, bu holatda anor tasviri har bir usta tomonidan alohida ma’noni anglatgan, tikilgan mahsulotda boshqacha ko’rinishda bo’lgan, shu bilan birga tinchlik, xotirjamlik, qat’iylik yoki shiddatli harakatlar, jo’shqinlik haqida ma’lumot bergan.
"Gul"
Har bir markazning so’zanalari mahalliy xususiyatga ega. Nurota ustalari orasida asosan yak mohu – chor shoh (to’rtta shoh va bitta oy) kashtalari juda mashhur. Mazkur naqshlar markazda quyosh yoki yulduzlar tasvirlarini o’zida aks etib, burchaklarida esa gullar butasi yoki guldastasi tikilgan. Ba’zan Nurota ustalari ko’rinmas joylarida bir uslubdagi qushlar, hayvonlar, insonlar yoki dkundalik hayotda foydalanuvchi buyumlar tasvirini tikishgan hamd abir so’z bilan surat deb nomlashgan. Aynan ustalar jannat bog’larini shunday tasavvur qilishgan bo’lib, zodagonlar haqiqiy bog’lari ham shunday ko’rinishda bo’lgan.
"Gultuvak"
Nurotalik kashtachilar orasida o‘simliklar tasviridan iborat islimiy naqshlar juda ommalashgan. Ushbu naqshda matoning markaziga Quyosh yoki yulduzlar tasviri tushirilgan bo‘lib, burchaklarida esa gul butalari yoki guldastalar ko‘rinishi tasvirlangan. Ba’zan nurotalik hunarmandlar o‘z ijod mahsullarining ayrim, ko‘zga tezdagina tashlanmaydigan joylarida qush, hayvon, inson yoki uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan biron anjomning tasvirini solib kyetadilar va uni “surat” deb ataydilar. Kashtachi ayollar jannat bog‘larini aynan shunday tasavvur qilganlar, chunki zodagonlarning go‘zal bog‘lari bu naqshlarga prototip bo‘lib xizmat qilgan.
Ma’lumki, islom san’atida bog‘lar jannatning yerdagi aksi sanalgan va Olloh tomonidan yaratilgan go‘zal olamning timsoli sifatida she’riyat va tasviriy san’atda o‘z ifodasini topgan.
Qadim zamonlardan byeri gul to‘la guldon tasviri muqaddas xususiyatga ega bo‘lgan. Zardo‘shtiylik bo‘yicha mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, guldonning ichidan yuqoriga qarab o‘sib chiqqan o‘simlik timsoli kosmologik ma’noga ega bo‘lib, barcha tirik mavjudotlarning ramzi bo‘lgan Vourakasha ko‘li (guldon, suv tasviri) va dunyoda mavjud barcha o‘simliklarning urug‘ini o‘zida jamlagan Xaomu hayot daraxtiga mengzalgan. Vaqt o‘tgani sari guldon va gulning dastlabki ma’nosi unutilgan. Uning ko‘pqirrali ramzlari esa real dunyo go‘zalligi g‘oyasini targ‘ib qilib, ommalashgan naqsh usuliga aylanib qoldi. Keyinchalik esa kashtachilar bahorda gulga burkangan bog‘ timsolini to‘kin-sochinlik va baxtli hayot ifodasi sifatida yarata boshladilar.
"Tustovuq"
Oʻzbek kashtachilik mahsulotlarining turlari nihoyatda koʻp. Har bir kashta, bajaradigan vazifasiga muvofiq uy-roʻzgʻorda oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlgan. Masalan, dastorpech – tantanali marosimlarda oʻraladigan salla uchun kichik hajmdagi kashta hisoblanadi.
Ushbu kompozitsiyaning markazida Quyosh yoki yulduzlarning tasviri boʻlib, chetlarida qushlar aks ettirilgan.Dastorpechning kichik sahnidagi naqshlarda Quyosh, zoomorf, islimiy gullar va turli predmetlarning tasvirini koʻrish mumkin. Ba’zan nurotalik hunarmandlar o‘z ijod mahsullarining ayrim, ko‘zga tezdagina tashlanmaydigan joylarida qush, hayvon, inson yoki uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan biron anjomning tasvirini solib kyetadilar va uni “surat” deb ataydilar.
Qushlar aksining dastlabki ma’nosi bugungi kunga kelib unut boʻlib ketgan. Keyinchalik esa kashtalarda va oʻzbek xalq amaliy san’atining boshqa turlarida ham qushlar tasviri baxt ramzi sifatida talqin qilinadigan boʻldi.
"Bodom"
Ushbu ornament UZTELECOM tomonidan reklama vositalarini brend qoidalariga asosan yaratilishi uchun ishlatilgan.
Nurota kashtachilik san’ati oʻzbek kashtachiligining eng yaxshi namunalaridan biri boʻlsada, ushbu kompozitsiyada kashtachining ijodiy yondoshuvini koʻrishimiz mumkin.
Zamonaviy oʻzbek kashtachilari oʻrtasida eng ommalashgan naqshlardan biri, bu “bodom”gulidir. Har bir kashtachi tomonidan oʻziga xos usulda bajarilgan va takrorlanuvchi anor naqshi motivi, mahsulotning yaxlit kartinasida tamoman boshqa ifodalarni berishi, hotirjamlik, qat’iylik yoki joʻshqin harakat kabi ma’nolarni yetkazishi mumkin. “Bodom” huddi “qalampir” guli kabi apotropeik funksiyani bajarib, yosh kelin-kuyovlarni insu-jinslardan, yovuz ruhlardan himoyalash vositasini oʻtagan. Shuning uchun ham kichik yoshdagi bolalarga yovvoyi achchiq bodom magʻizidan terilgan bilaguzuklarni taqib qoʻyish urf boʻlgan. Ushbu kompozitsiyada hunarmand yirik bodom gullari bilan yuzani toʻldirib tikib, soʻzananing himoya kuchini bir necha barobarga oshirganligini koʻrishimiz mumkin.