Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 06.09.2022 17:02

Nurotada "SaveAral – 2022" sport musobaqasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Save Aral xalqaro marafoni kuzgi mavsumining marshruti Buxoro viloyatidan Nurota shahriga ko‘chdi, bu yerda 6-sentyabr kuni xayriya ommaviy yugurish musobaqalarining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sportni rivojlantirish vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi hamda Navoiy viloyati hokimiyati tadbirning tashkilotlari sifatida ishtirok etdi.
Save Aral - 2022 sport ommaviy yugurish musobaqasi Nurota shahri aholisi uchun turistik mavsumni yakunlovchi yorqin hodisaga aylandi. Xalq ijodi festivallarini o‘tkazishning eng mashhur joylaridan biri bo‘lgan Nurota shuningdek Save Aral ijtimoiy-sport loyihasining faol ishtirokchi-shaharlaridan biriga aylandi. 3000 dan ortiq ishtirokchi ushbu sport tadbiriga qo‘shilib, 3 km masofaga yugurishda o‘z kuchini sinab ko‘rdi. Masofada shuningdek Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir arafasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hokimiyatining xodimlari va Yengil atletika federatsiyasi vakillari sport tadbirining xavfsiz va qulay o‘tishi uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi.
«Yengil atletika federatsiyasi trassani xalqaro standartlarga muvofiq tarzda tayyorlashga katta ahamiyat beradi, - deb ta’kidlab o‘tdi Save Aral loyihasining bosh hakami Xasanboy Ortiqov, - Bu ommaviy yugurish musobaqalari professional sportchilar uchun mo‘ljallanmaganiga qaramay, shartlar hamma uchun teng bo‘lishi kerak – tekis yer yuzasi, aniq masofa, barcha ishtirokchilarning xavfsizligi ta’minlanishi kerak. Trassa kichik va katta yoshdagi yuguruvchilar uchun ham, nogironligi bo‘lgan shahxslar uchun ham qulay bo‘lishi shart».
Save Aral – 2022 ommaviy yugurish musobaqasining marshruti shaharning markaziy ko‘chalarining biridan boshlanib, Navoiy viloyatining mashhur joylaridan biri bo‘lgan hamda minglab turistlar uchun ziyoratgoh joyi hisoblangan “Chashma” tarixiy majmuasigacha yetib bordi. Majmua “chashma” bulog‘i qismidagi madaniy-tarixiy obidalar qatoridan tashkil topgan. Ular orasida Muhammad Nurota maqbarasi, XVI asr masjidlari va uning hududida Oʻrta Osiyoda birinchilardan boʻlib suv taʼminoti tarmogʻi qurilgan Iskandar Zulqarnayn davridagi qalʼa bor.
Shahar tarixining suv resurslariga alohida munosabati bilan chambarchas bog‘liqligi Save Aral – 2022 sport ommaviy yugurish musobaqasining uchinchi bosqichini Nurotada o‘tkazish sabablaridan biriga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston shaharlarida 2019-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan Save Aral xayriya loyihasi keng jamoatchilik eʼtiborini Orol dengizi havzasidagi antropogen-tabiiy krizis hamda uning mamlakatdagi ekologik vaziyatga taʼsiriga qaratishga qaratilgan.
Save Aral – 2022 ommaviy yugurish musobaqasida eng tez natija ko‘rsatgan ishtirokchilar Nurota viloyati hokimligi va Yengil atletika federatsiyasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Birinchi o‘rinni Pardaev Asadbek, ikkinchi o‘rinni Sa’dullayev Javohir va uchinchi o‘rinni Yo‘ldoshev Mehriddin qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida Turtayeva O‘g‘iloy eng yaxshi natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, Nusrotillayeva Sadaf ikkinchi, Aminova Dinara uchinchi o‘rinni egalladi. Nogironligi bo‘lgan ishtirokchilardan Pardaeva Dilbar, Murodova Bahora, Ro'ziev Mashrab, Akobirov Jaloliddin va Toyloqov Anvar taqdirlandi.
Huquq-tartibot idoralari vakillari Save Aral ommaviy yugurish musobaqasida shaxsiy bahslarda bellashdi. Birinchi o‘rinni Mudofaa vazirligi vakili, ikkinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi va uchinchi o‘rinni Milliy gvardiya qo‘shinlari egalladi.
Save Aral - 2022 ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi 24-sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Фотобанк: https://drive.google.com/drive/folders/1BZlb6RPY-irOltjoq91eokOKWe9kVqhk?usp=sharing