Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.08.2022 18:43

120 oʻrinli maktab binosi qurib foydalanishga topshirildi

Bugun tumanimizdagi "Jarma" MFY hududida joylashgan “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida “Jarma” maxallasidagi 26–umumta’lim maktabida 120 oʻrinli yangi oʻquv binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda tuman hokimi A.Fayziyev, fayriy ustozlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimi avvalida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Shundan soʻng, tuman hokimi soʻzga chiqib, barcha ta’lim sohasi vakillarini samimiy tabrikladi.

Soʻngi besh yil davomida umumta’lim maktablari hamda oʻqituvchilariga berilgan keng e’tibor misli koʻrilmagan darajaga yetdi. Bu esa oʻz navbatida kelajagimiz boʻlgan yoshlarning yetuk bilim olishlari uchun qulay zamin boʻlib xizmat qilmoqda. — deya takidladi tuman hokimi A.Fayziyev

Soʻng, ramziy lenta kesish marosimi oʻtkazilib, yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Ushbu muassasa binosini barpo etish uchun davlat dasturi doirasida 1.9 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

Ushbu yangi koʻrinishdagi shinam va yorugʻ sinf xonalari hamda zamonaviy jihozlari bilan toʻliq ta’minlangan ta’lim muassasasida pedagoglarimizni ta’lim-tarbiya berishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ushbu dargohni bitirib xozirgi kunda Respublikamizni turli joylarida xalq manfaati yoʻlida xizmat qilayotgan insonlarni faxr bilan tilga olish mumkin.

Bular jumlasiga ToshDTU oʻqituvchisi, texnika fanlari nomzodi, dotsent Mirzayev Qaxramon Qarshiboyevich, Navoiy sement ishlab chiqarish zavodi boshliq oʻrinbosari Abdugʻaniyev Farrux Karimovich, Navoiy Janubiy kon boshqarmasida bosh xisobchisi Jumanov Tolib Qurbonovich, Navoiy viloyati kasaba uyushmasida Ma’naviyat boʻlimi rahbari Nurmanova Norimxol Omonovna singari sobiq bitiruvchilarni sanab oʻtish mumkin.

Ma’lumot oʻrnida shuni ta’kidlash joizkim, Nurota tumanida jami 52 ta ta’lim muassasasi mavjud boʻlib, shundan, 51 tasi umumta’lim maktabi, 1 ta ayrim fanlarga chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarini tashkil etadi.

Bugungi kunda tumandagi umumta’lim maktablarida jami 14 198 nafar oʻquvchilarga, 1 796 nafar malakali oʻqituvchilar dars berib kelmoqda.