Assalomu alaykum, aziz yoshlar!
Bugungi tadbir ishirokchilari va mexmonlari!
Xabaringiz bor dekabr oyi yoshlar oyligi deb eʼlon qilinib barcha hududlarda yoshlar forumi boʻlib oʻtmoqda.
Yoshlar, har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi eng muhim qatlam hisoblanadi.
Bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga olgan beshta muhim tashabbus butun Respublikamiz boʻylab alohida Harakat aylandi.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturida oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda, oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida yoshlar davrasida motivatsion tadbirlar oʻtkazish belgilangan.
Yurtimizda yoshlar siyosati xalqaro umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq va normalar bilan hamohang tarzda olib borilmoqda. Yoshlarni intellektual, maʼnaviy va jismoniy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Davlatimiz rahbari taʼkidlanganlaridek, “Yoshlar davlatimizning eng katta boyligi, bebaho xazinasidir”.
Bu borada tumanda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar eʼtibor qaratadigan boʻlsak, yoshlar siyosati doirasida 2024-yil davomida Yoshlar daftariga kiritilgan 606 nafar yoshlarning 565 nafariga 1,6 mlrd soʻmga turli yoʻnalishlarda amaliy yordamlar berildi.
Jumladan, 262 nafar (682,3 mln soʻm) yoshlarimizga kontarkt toʻlovi toʻlab berildi, 54 nafariga asbob-uskunalar (262,0 mln soʻm) xarid qilindi, 25 nafar yoshga (90,2 mln soʻm) tibbiy xizmat koʻrsatish orqali sogʻligi tiklangan boʻlsa, 22 nafariga (149,8 mln soʻm) safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari toʻlab berilib ular vatan oldidagi burchlarini oʻtab qaytishdi. Shuningdek 30 nafar yosh kelajak kasblari (83,9 mln soʻm) uchun oʻqitilib oʻqish xarajatlari qoplab berilgan boʻlsa, 27 nafariga kredit mablagʻlari (291,5 mln soʻm) chiqarilib oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga quyishga koʻmaklashildi. Bundan tashqari 19 nafarini ish bilan taʼminlash, 19 nafariga yer maydoni ajratish hamda 102 nafariga (40,5 mln soʻm) boshqa turdagi yordamlar berildi.
Misol uchun Ibn Sino MFYda yashovchi Qodirova Nozimaga subsidiya asosida tikuv mashina olib berilib bugungi kunda ushbu yosh kasanachilik asosida 10 nafar yoshlarni doimiy ish bilan taʼminlagan.
Istiqlol MFYda yashovchi Toshpoʻlatov Sardorga 1 gektar yer maydoni ajratilib berildi. Ushbu yosh mazkur yerdan samarali foydalanish hisobiga 25,0 mln soʻm daromad koʻrdi.
Oqmachit MFYda yashovchi 3-maktab 10-sinf oʻquvchisi Qodirova Nozima kelajak-kasblari loyihalari doirasida xorijiy til koreys tiliga oʻqib bugungi kunda “Saturn edu” oʻquv markazida darsdan boʻsh vaqtlarida dars berib 200 dollar oilasiga qoʻshimcha doramad olib kirmoqda.
Bundan tashqari, daftarda boʻlmagan 999 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi.
Otaliqga olingan 8812 nafar yoshlarning 282 ta muamosi, ogʻir toifaga kiritilgan 211 nafar yoshlarning 84 ta muammolari hal etildi.
Migratsiyadan qaytgan 36 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan boʻlsa, 23 nafar yoshlarga qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanishlari uchun yer maydoni ajratib berildi.
Aziz yoshlar,tadbir ishtirokchilari!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi tomonidan Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik, madaniyat va sanʼat, intellektual oʻyinlar, axborot texnologiyalari, sport turlari boʻyicha Besh tashabbus olimpiadasini oʻtkazish belgilab berildi.
Yoshlar ovozi tanlovi, Yosh musavvir, Mushoira, Ibrat chettillari, Yosh kitobxon, Yosh kitobxon oila, Zakovat tanlovlari shuningdek, 12 ta sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etish, jami 26 ta tanlov 3 yosh toifasida 5 ta bosqichda “maxalla-sektor-tuman-viloyat va respublika” bosqichi koʻrinishida tashkil etilmoqda.
Tumanimiz yoshlari joriy yilda Respublikada “E.Sudur” mahallasi jamoasi valeybol musoboqasida 2-oʻrin, “E.Sudur” mahallasi jamoasi stritbol musobaqasida 2-oʻrin, “Chuya” mahallasi yoshi Abduqodirova Sevinch shashka musoboqasida 3-oʻrin, hamda “Dehibaland” mahallasi yoshi Axmedova Oydinoy kurash boʻyicha faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Quvonarlisi 62 nafar yoshlarimiz sportning turli yoʻnalishida Respublika, Osiyo hamda Jahon chempionlari boʻlishdi.
Xususan sportning Para suzish turi boʻyicha “Boʻdiq” mahallasida yashovchi Hojiyev Asadbek hamda Ushu sport turi boʻyicha Oʻzbekiston chempioni “Mustaqillik” MFY yoshi Mavlonov Behruzlar yoshlar oʻrtasida 2025-yilda Bahrayn davlatida boʻladigan Osiyo oʻyinlariga ishtirok etish yoʻlanmalarini qoʻlga kiritdi.
Aziz yoshlar!
Oʻz oldingizga ulugʻ maqsadlar qoʻyib yashashdan aslo charchamang!
Yangi Oʻzbekistonni albatta sizlar bilan, butun tumanimiz yoshlari bilan birga barpo etamiz.
Ozod va obod Vatanimiz osmoni hamisha musaffo boʻlsin, yurtimizdan tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka va farovonlik hech qachon tark etmasin!
Kirib kelayotgan yangi 2025-yil barchamizga omad va zafarlarga boy boʻlsin.
Eʼtiborlaringiz uchun raxmat!